$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

15:03 / 29.06.2025

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning mamlakati harbiy xarajatlar uchun ko‘p mablag‘ sarflayotganini tan olib, mudofaa byudjeti qisqartirilishini aytgan. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Vladimir Putinning o‘z chiqishida aytishicha, Rossiya “keyingi yil va undan keyingi yil, ya’ni kelgusi uch yillik davrda” harbiy xarajatlarini kamaytira boshlaydi. Kreml rahbari hozirda bu maqsad uchun 13,5 trillion rubl (172 milliard AQSh dollari) sarflanayotganini aytib, mazkur ko‘rsatkich YIMning 6,3 foiziga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi. Putinning ushbu bayonoti Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovning o‘tgan haftadagi ogohlantirishidan so‘ng yangradi. U mamlakat “retsessiya yoqasida” turganini va bu iqtisodiy o‘sishning sezilarli darajada sekinlashuviga olib kelishi mumkinligini bildirgan edi.

Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina ham urush davrida iqtisodiy o‘sishni mudofaa sanoati xarajatlari ta’minlagani, hozir esa mazkur omil o‘z kuchini yo‘qotayotganini ta’kidlagandi.

“Biz ikki yil davomida ancha yuqori sur’atlarda o‘sdik, chunki erkin resurslar ishga tushirildi. Endi shuni tushunish kerakki, bu resurslarning ko‘pi aslida tugagan”, – dedi Nabiullina.

The Telegraph nashrining yozishicha, Rossiya iqtisodiyoti 2024-yilda 4,3 foizga o‘sgan. Ammo inflyatsiyani jilovlash uchun oktyabrdan buyon foiz stavkalari 21 foiz darajasida ushlab turilgan. Joriy oyda mazkur ko‘rsatkich 20 foizgacha tushirilgan, chunki inflyatsion bosim biroz kamaygan.

Qolaversa, mamlakat ishchi kuchi tanqisligiga ham duch kelmoqda. Shu bois ish haqi o‘sishi so‘nggi 16 yildagi eng yuqori darajaga yetdi. Bunga mehnatga layoqatli insonlarning mudofaa sanoati va armiyaga jalb etilishi sabab bo‘lgan.

Bloomberg News manbalariga ko‘ra, Rossiya bank tizimi vakillari yopiq eshiklar ortida turib, mamlakat 2025-yilda korporativ qarzlar bo‘yicha to‘lovlar bajarilmay qolgani bois moliyaviy inqirozga yuz tutishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Bloomberg shuningdek, Ukrainadagi urushdan qaytayotgan “rus faxriylari uchun nafaqa va ularni jamiyatga reintegratsiya qilish” kabilar sabab xarajatlar yanada ortishi mumkinligini qayd etgan. Bugungi kungacha taxminan 140 ming rossiyalik askar odatiy hayotga qaytgan bo‘lib, ularning ko‘pi hozir ishsiz hisoblanadi.



														
														Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvi oldidan berg…
11:06 / 01.07.2025

														
														Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Gazeta bu ma’lumotni AQSh maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan to‘rt manbasiga tayanib bergan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avia…
14:26 / 30.06.2025

														
														Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025

														
														Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
15:03 / 29.06.2025

														
														G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025

														
														AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

Ushbu farmon Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy muhojirlarning mamlakatda tug‘ilgan bolalariga fuqarolik berishni taqiqlaydi.
14:18 / 28.06.2025

														
														Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

AQSh prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
16:31 / 26.06.2025

														
														Mers Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishning oqibatlaridan ogohlantirdi

Mers Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishning oqibatlaridan ogohlantirdi

“Bu mojaroning harbiy yechimi yo‘q. Biz Moskvaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishimiz kerak”, — degan Fridrix Mers.
10:52 / 26.06.2025

														
														Netanyaxu Eronga hujum bilan G‘azodan dunyo e’tiborni chalg‘itgan

Netanyaxu Eronga hujum bilan G‘azodan dunyo e’tiborni chalg‘itgan

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga hujumi bilan butun dunyo e’tiborini G‘azo sektoridagi voqealardan chalg‘itishga…
14:35 / 24.06.2025

														
														Netanyaxu Eron bilan otashkesim kuchga kirganini tasdiqladi

Netanyaxu Eron bilan otashkesim kuchga kirganini tasdiqladi

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida Isroil “ulkan tarixiy yutuqlarga” erishgan va mavjud bo‘lgan ikkita ekzi…
12:31 / 24.06.2025

Bu ham qiziq

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal…
16:46 / 29.06.2025
UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

Topuriya yengil vaznning yangi chempioniga aylandi.
10:06 / 29.06.2025
1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025
DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025
Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
15:03 / 29.06.2025
30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
16:57 / 29.06.2025
843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

Ular avtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganlarni 102 qisqa raqami…
17:54 / 30.06.2025
G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!