Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
Bu haqda Eron Islom Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Diplomatning ta’kidlashicha, uranni boyitish faoliyati yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, Eronning “ajralmas huquqi” hisoblanadi.
“Va biz bu huquqdan foydalanmoqchimiz”, – deb tushuntirdi Iravoniy. “O‘ylaymanki, boyitish hech qachon to‘xtatilmaydi”, — deya qo‘shimcha qilgan u Tehron uranni boyitishni qayta tiklamoqchimi, degan savolga javob berarkan.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi avvalroq CBS telekanaliga bergan intervyusida Eron yadro dasturining ayrim qismlarini saqlab qolgani va uranni boyitish ishlarini bir necha oy ichida qayta boshlashi mumkinligini ta’kidlagan edi. Eron Fordo, Natanz va Isfahonda “uranni qayta ishlash, konvertatsiya qilish va boyitish bo‘yicha ma’lum darajada salohiyatga ega”, – degan u.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!