Namangan viloyati “Kosonsoy tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi ishchisi o‘zganing ishonchiga kirib, go‘yoki o‘zida qalbaki 20 ming AQSh dollari borligini va uni haqiqiy 14 ming AQSh dollariga sotishini aytadi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, unitar korxona ishchisi o‘zaro kelishuv doirasida xaridorga qalbaki 8 ming AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, u mazkur qalbaki xorijiy valyutani Kosonsoy tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan shaxsdan olganligi aniqlanib, ushbu fuqarodan ham yuqoridagi kelishuv doirasidagi soxta 6 ming AQSh dollari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, 1985-yilda tug‘ilgan shaxs ushbu qalbaki valyutalarni Kosonsoy tumanida istiqomat qiluvchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqarodan olganligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlangan.
Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!