$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
39° Kechasi 23°

Buxoro viloyatining ilk hokimi vafot etdi

20:41 / 04.07.2025

Atoqli davlat va jamoat arbobi Damir Salixovich Yadgarov bugun, 4-iyul kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi.

''Damir Yadgarov 1937-yil 18-fevralda Shofirkon tumanida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatib, 1960-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini muvaffaqiyatli tamomladi.

Mehnat faoliyatini Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti yoshlar qo‘mitasining kotibligi lavozimidan boshlab, uzoq yillar Yoshlar tashkiloti hamda qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi mas’ul vazifalarda ishladi.

Qayerda ishlamasin, Damir Yadgarov faoliyati davomida avvalo, o‘ziga talabchan xodim, kuyinchak rahbar sifatidagi fazilatlarini namoyon etdi.

Bu jihat uning Buxoro viloyati hokimi sifatida ishlagan 1992-1994-yillarda yanada yaqqol ko‘zga tashlandi. Aynan g‘oyatda murakkab kechgan shu yillarda Damir Yadgarov hududda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholi turmush darajasini yaxshilash, bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi tartiblarni joriy etish, hududda xususiy sektorni jadal rivojlantirish borasida jonbozlik ko‘rsatdi.

Damir Salixovich Yadgarov qariyb 50 yillik mehnat faoliyati davomida o‘zining ulkan rahbarlik salohiyati, boy bilim va tajribasi, ma’naviy fazilatlari, Vatanimizga beqiyos muhabbati va sadoqati bilan haqli ravishda xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan ulug‘ inson edi.

Shu bois viloyat ahli hamda jamoatchilik Damir Yadgarovning Buxoro va buxoroliklar uchun qilgan xizmatlarini hamisha minnatdorlik bilan xotirlaydi.

Uning bevosita rahbarligida viloyatda seleksiya va urug‘chilik sohasini ilmiy rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro filiali direktori sifatidagi mehnat faoliyati yillarida paxtaning Zarafshon vohasiga mos 10 ga yaqin iqtisodiy samarador navlari kashf etildi. Qattiqqo‘l rahbar va mehribon ustoz sifatida o‘nlab shogirdlarni tarbiyaladi.

Damir Yadgarovning hududni rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, u “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi” unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Ushbu musibatli kunda marhumning barcha oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirib, Yaratgandan ularga sabr-toqat tilaymiz'' - deyiladi viloyat hokimligining rasmiy xabarida.


O‘zbekiston


														
														Firibgarlik yo‘li bilan pul yig‘ayotganlar qoʻlga olindi

Firibgarlik yo‘li bilan pul yig‘ayotganlar qoʻlga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bir nechta shaxslar fuqarolardan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik…
09:35 / 06.07.2025

														
														“Samarqand qog‘ozi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

“Samarqand qog‘ozi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

1000 yillik tarixga ega Samarqand qog‘ozi Adliya vazirligi tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi
18:43 / 05.07.2025

														
														6-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi.
18:28 / 05.07.2025

														
														Buxoro viloyatining ilk hokimi vafot etdi

Buxoro viloyatining ilk hokimi vafot etdi

Damir Yadgarov mustaqillikning ilk yillarida viloyatga rahbarlik qilgandi
20:41 / 04.07.2025

														
														Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi
18:45 / 04.07.2025

														
														5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.
18:06 / 04.07.2025

														
														Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go‘ning O‘zbekistondagi haydovchilari, kuryerlari va hamkorlari 2024-yilda umumiy hisobda 530 million dollar daromad …
13:47 / 04.07.2025

														
														Ertaga, 5-iyul kuni ba’zi joylarda chang-to‘zon hodisasi kuzatilishi kutilmoqda

Ertaga, 5-iyul kuni ba’zi joylarda chang-to‘zon hodisasi kuzatilishi kutilmoqda

4-5-iyulda respublika hududi bo‘yicha havo harorati 40-43 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 …
11:41 / 04.07.2025

														
														Yigit kishiga qirq hunar oz

Yigit kishiga qirq hunar oz

Namangandagi koloniyadagi mahkumlarga oshpazlikdan saboq berildi
22:23 / 03.07.2025

														
														Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Haydovchilarga muqobil yo‘llardan yurish tavsiya qilingan
21:14 / 03.07.2025

Bu ham qiziq

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Futbolchi Turkiya chempionatidagi grand klub safiga o'tadi
23:16 / 03.07.2025
Donald Tramp “katta ajoyib” qonun loyihasini imzoladi

Donald Tramp “katta ajoyib” qonun loyihasini imzoladi

Donald Tramp kecha, 4-iyul kuni kechqurun soliqlarni kamaytirish va AQSh davlat qarzining chegarasini 4 trillion dollardan o…
13:08 / 05.07.2025
Braziliya prezidenti: ‘‘BRIKS mamlakatlari rivojlanishning yangi yo‘lini boshlab berishi mumkin’’

Braziliya prezidenti: ‘‘BRIKS mamlakatlari rivojlanishning yangi yo‘lini boshlab berishi mumkin’’

Siyosatchi tashkilotga a'zo mamlakatlarni ham alohida ta'kidladi
20:50 / 05.07.2025
Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Haydovchilarga muqobil yo‘llardan yurish tavsiya qilingan
21:14 / 03.07.2025
Ertaga, 5-iyul kuni ba’zi joylarda chang-to‘zon hodisasi kuzatilishi kutilmoqda

Ertaga, 5-iyul kuni ba’zi joylarda chang-to‘zon hodisasi kuzatilishi kutilmoqda

4-5-iyulda respublika hududi bo‘yicha havo harorati 40-43 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 …
11:41 / 04.07.2025
KJCh. PSJ yarim finalda “Real Madrid” bilan oʻynaydigan boʻldi

KJCh. PSJ yarim finalda “Real Madrid” bilan oʻynaydigan boʻldi

“Real” klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida PSJ bilan o‘ynaydi.
09:59 / 06.07.2025
Dunyo miqyosida davlatlarning umumiy qarzi 100 trillion dollardan oshdi

Dunyo miqyosida davlatlarning umumiy qarzi 100 trillion dollardan oshdi

Shundan deyarli uchdan bir qismi – 31 trillion dollari rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri kelmoqda.
21:50 / 05.07.2025
Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Xonkendi shahrida …
18:07 / 03.07.2025
Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
15:10 / 03.07.2025
Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi
18:49 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!