Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining uchdan bir qismi tabiiy yod tanqis bo‘lgan sharoitlarda yashaydi. Achinarlisi, ularning 30 foizdan ortig‘i — maktab yoshidagi bolalar hisoblanadi.
Bu masalaga jiddiy e'tibor berilishining sabablaridan biri yod tanqisligi tug‘ma kasalliklar darajasini oshiradi, homila va chaqaloqlarda miyaning qaytarilmas shikastlanishi, intellektual salohiyat pasayishiga sabab bo‘ladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi bergan ma'lumotlarga ko'ra, hozirda bunday xastaliklar mintaqamizda ham o‘tkir muammoga aylanib bormoqda. Chunki Markaziy Osiyo yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan patologiyalar keng tarqalgan endemik mintaqalar sirasiga kiradi.
Sifatli osh tuzining qadog‘ida ishlab chiqargan tashkilot va mahsulot nomi, tovar belgisi, uning navi hamda yanchilish darajasi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, yodlash qo‘shimchasi nomlanishi hamda boshqa qator ma’lumotlar aks etishi kerak. Shuningdek, osh tuzlarini 28 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash talab etiladi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining bergan tavsiyasiga ko'ra, organizmdagi moddalar almashinuvini me’yorlashtirish uchun kunlik yodlangan osh tuzi iste’molini bir choy qoshiq - 5 grammdan oshirmaslik kerak bo'ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!