NATO bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya Xitoyning iltimosiga binoan harbiy alyans hududiga hujum qilishi mumkinligini istisno qilmadi.
“Agar Xitoy Tayvanga nisbatan kuch ishlatishga qaror qilsa, Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putindan NATO hududiga hujum qilib, dunyo yetakchilarining diqqatini hind-tinch okeani mintaqasidagi vaziyatdan chalg‘itishni so‘rashi mumkin”, - deb tushuntirdi u “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida.
Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, bunday ssenariy ehtimoli ortib bormoqda. Shu munosabat bilan u Pekin va Moskvani tiyib turish uchun ikkita asosiy qadam zarurligini ta’kidladi. Ulardan biri ruslar hech qachon hujum qilmasligi uchun tashkilotni kuchayishi bilan bog‘liq. Ikkinchi majburiy chora sifatida Ryutte hind-tinch okeani mintaqasi bilan mudofaa sanoati va innovatsiyalar sohasida hamkorlik qilishni ta’kidladi. Bunday hamkorlikni prezident Donald Tramp boshchiligidagi AQSh ma’muriyati faol ravishda ilgari surmoqda.
“Bizda katta geosiyosiy muammo bor. Avvalo bu - Rossiya. Ular uch oy ichida NATOning barcha a’zolariga qaraganda uch baravar ko‘p o‘q - dorilar ishlab chiqarishmoqda”, - dedi alyans bosh kotibi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!