AQSHning Texas shtatida 4-iyul kuni boshlangan kuchli yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 104 nafarga yetdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p qurbon Kerr mintaqasida qayd etilgan, bu yerda 84 kishi, jumladan 28 nafar bola hayotdan ko‘z yumgan.
Toshqinlarga Gvadalupe daryosining toshishi sabab bo‘lgan. Texas gubernatori Gregg Abbott vaziyatni boshqarish uchun barcha resurslarni safarbar qilganini ta’kidladi, prezident Donald Tramp esa Kerr mintaqasini falokat hududi deb e’lon qildi.
Rasmiylar qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida mahalliy hududda 50 mingga yaqin kishi topilganligi va ishlar davom etayotganligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!