Joriy yilning 14-23-iyul kunlari oralig‘ida 2025-2026-yilgi o‘quv yili oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur jarayonlardan avval “Bilim va malakalarni baholash agentligi” abituriyentlarga muhim ogohlantirishlar bilan murojaat etdi.
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori asosida tasdiqlangan Nizomga muvofiq abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga yoki binoga taqiqlangan vositalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirsa yoki ulardan foydalansa test sinovlaridan chetlashtiriladi va test natijalari chiqarilmaydi.
Shuningdek, barcha abituriyentlardan ruxsatnomasida belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan test sinovi bo‘lib o‘tadigan hududga yetib kelishlarini so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!