2025-yilning dastlabki 6 oyi davomida mamlakatimiz bo‘ylab “103” xizmatiga jami 6 million 912 ming 243 ta chaqiriq kelib tushdi. Agar raqamlarni tahlil qilsak, o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan bu yil murojaatlar soni 8,4 foizga oshdi.
Bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, ya’ni 4 million 992 ming 108 tasi shoshilinch ko‘rsatma bilan, shuningdek, surunkali kasalliklar – 1 ming 802 ming 348 ta, bemorlarni tashish – 66 ming 917 ta va tug‘ruqlar – 50 ming 870 tani tashkil qildi.
Eng ko‘p murojaatlar:
Toshkent shahri — 718 ming 819 ta;
Farg‘ona viloyati — 681 ming 580 ta;
Surxondaryo viloyati — 661 ming 767 ta;
Namangan viloyati — 647 ming 493 ta;
Andijon viloyati — 642 ming 366 ta qayd etilgan.
Eng kam chaqiriq Navoiy viloyati (199 ming 930 ta), Sirdaryo viloyati (221 ming 407 ta) va Jizzax viloyati (267 ming 669 ta) kuzatildi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda “Tez yordam” xizmatida jami 2 857 ta tibbiy brigada faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!