$
12615.07 UZS
-19.27
162.02 UZS
-0.35
14754.59 UZS
-66.75
37° Kechasi 24°

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Gulnora Karimova ishi bo'yicha rasmiy bayonoti

18:47 / 09.07.2025

Ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan BMT Inson huquqlari kengashining O‘zboshimchalik bilan hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan G. Karimovaning jinoiy javobgarlikka tortilishi yuzasidan qabul qilingan 17/2025-sonli mulohazasiga javoban O‘zbekiston Respublikasi Hukumati quyidagilarni ma’lum qilishni lozim deb topdi:

1. Hukumat Ishchi guruhning fikri Manba tomonidan taqdim etilgan bir tomonlama subyektiv ma’lumotlar asosida shakllantirilgani, O‘zbekiston Hukumatining bu borada rasmiy javobi taqdim etilgani, ammo u rasmiy protsessual muddatlar tufayli e’tiborga olinmaganidan tashvish bildiradi. Bunday yondashuv BMT organlari amal qilishi zarur bo‘lgan xolislik va beg‘arazlik prinsiplariga putur yetkazadi.

2. O‘zbekiston o‘zaro hurmat, xalqaro huquq normalariga rioya qilish va ikki yoqlama standartlarga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillariga asoslangan muloqot va xalqaro hamkorlik uchun hamisha ochiq.

3. G. Karimovaga nisbatan barcha jinoiy ishlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalariga qat’iy rioya qilgan holda, shuningdek, mamlakatning xalqaro majburiyatlarini, jumladan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qoidalarini inobatga olgan holda qo‘zg‘atilgan hamda ko‘rib chiqilgan.

4. Himoyaga bo‘lgan huquq va odil sudlov huquqi jinoyat protsessining barcha bosqichlarida ta’minlangan. G. Karimova mustaqil ravishda tanlangan yoki belgilangan tartibda tayinlangan himoyachilarga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan. Jinoyat ishiga oid materiallar bilan tanishish, qarorlar ustidan shikoyat qilish hamda himoyachi bilan muloqotning maxfiyligi tamoyiliga rioya qilingan.

5. G. Karimova ishi bo‘yicha sud qarorlari vakolatli sudlar tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar, jumladan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, jinoiy daromadlarni legallashtirish, davlat mulkini g‘ayriqonuniy o‘zlashtirish, firibgarlik va davlatga juda katta miqdorda zarar yetkazgan boshqa jinoyatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi yetarli dalillar asosida chiqarilgan.

6. G.Karimovaning 2014-yilda go‘yoki o‘zboshimchalik bilan hibsga olingani, uzoq muddat uy qamog‘ida saqlangani, "oshxonadagi sud" va boshqa shu kabi da’volar asossizdir. Barcha protsessual harakatlar va sud muhokamalari protsessual qonunchilik normalari va talablariga to‘liq muvofiq holda o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda mahkuma sud qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati mazkur ish bo‘yicha siyosiy sabablar mavjudligi to‘g‘risidagi da’volarni qat’iyan rad etadi. Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining barcha harakatlari faqat sudlanuvchining jinoiy harakatlarni sodir etishdagi aybini to‘liq tasdiqlovchi huquqiy va daliliy jihatlarga asoslangan bo‘lib, uning qonuniy iqtisodiy faoliyati va/yoki siyosiy mavqei yoki qarashlariga daxl qilmagan.

8. Shu nuqtayi nazardan, 2022-yilda Shveysariya Konfederatsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Bitim doirasida G.Karimova ilgari jinoiy yo‘l bilan orttirgan va qaytarilgan moliyaviy mablag‘lardan O‘zbekiston Hukumatining islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun foydalanish maqsadida «Vision 2030» jamg‘armasi tashkil etilganini ta’kidlaymiz. Jamg‘arma boshqaruvi BMTning Ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi orqali amalga oshirilmoqda.

9. O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarib kelmoqda va BMT mexanizmlari, jumladan maxsus tartib-taomillari bilan konstruktiv muloqotni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqlaydi.

10. Hukumat xalqaro tuzilmalarda o‘z obro‘sini himoya qilish, shuningdek, ishonchli axborotni manfaatdor tomonlarning keng doirasiga tushuntirish bo‘yicha keyingi qadamlarni qo‘yish huquqini o‘zida saqlab qoladi.


O‘zbekiston


														
														Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlar tayinlandi

Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlar tayinlandi

Hilola Umrova vazirlikdan olindi.
17:27 / 14.07.2025

														
														AOKA faoliyati tugatildi

AOKA faoliyati tugatildi

Prezident farmoni bilan uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etiladi.
16:33 / 14.07.2025

														
														Buxoroga zamonaviy 25 ta avtobus olib kelindi

Buxoroga zamonaviy 25 ta avtobus olib kelindi

Jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Buxoro viloyatiga yangi avtobuslar xarid qilindi.
15:24 / 14.07.2025

														
														O‘zbekistonda texnik ko‘rikdan o‘tgan liftlar “yashil”, “moviy”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

O‘zbekistonda texnik ko‘rikdan o‘tgan liftlar “yashil”, “moviy”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

Foydalanish uchun xavfli (qizil rangli) ma’lumot yorlig‘i berilgan liftdan foydalanish taqiqlanadi.
12:54 / 14.07.2025

														
														O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,5 mln.dan oshdi

O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,5 mln.dan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslar…
12:50 / 14.07.2025

														
														Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi fosh etildi

Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
11:27 / 14.07.2025

														
														Prezident qarori asosida Ekspert kengashi tashkil etiladi

Prezident qarori asosida Ekspert kengashi tashkil etiladi

Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo‘yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizo…
10:51 / 14.07.2025

														
														Test sinovlari boshlandi

Test sinovlari boshlandi

O‘zbekistonda OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlariga bugundan start berildi.
09:48 / 14.07.2025

														
														Toshkentda sex yonib ketdi

Toshkentda sex yonib ketdi

Hozircha, tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:33 / 14.07.2025

														
														Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati IIB haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
17:31 / 13.07.2025

Bu ham qiziq

Buxoroga zamonaviy 25 ta avtobus olib kelindi

Buxoroga zamonaviy 25 ta avtobus olib kelindi

Jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Buxoro viloyatiga yangi avtobuslar xarid qilindi.
15:24 / 14.07.2025
Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:28 / 13.07.2025
“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda jamoa asoschisi Rahmonali Suropov ma’lum qildi
18:29 / 13.07.2025
Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Ular ovlagan burama shoxli echkilar “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lgan.
16:47 / 13.07.2025
Yannik Sinner – “Uimbldon” chempioni bo‘ldi

Yannik Sinner – “Uimbldon” chempioni bo‘ldi

U finalda ispaniyalik Karlos Alkarazdan ustun keldi.
14:50 / 14.07.2025
Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi fosh etildi

Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
11:27 / 14.07.2025
“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ta’lim tizimidagi korrupsiya holatiga munosabat bildirdi.
10:00 / 13.07.2025
Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlar tayinlandi

Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlar tayinlandi

Hilola Umrova vazirlikdan olindi.
17:27 / 14.07.2025
Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha APLda eng yaxshilaridan biri deb topildi

Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha APLda eng yaxshilaridan biri deb topildi

U mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha bir qator yulduzlarni ham ortda qoldirdi
22:32 / 13.07.2025
Zalujniy: “Ukraina urushga uzoq muddat bardosh bera olmaydi”

Zalujniy: “Ukraina urushga uzoq muddat bardosh bera olmaydi”

“Ukraina eskirish mojarosiga dosh bera olmaydi”, – dedi Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni, Ukrainaning Lond…
14:19 / 14.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!