$
12615.07 UZS
-19.27
162.02 UZS
-0.35
14754.59 UZS
-66.75
37° Kechasi 24°

Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun “yechimlar atlasi” taqdimoti bilan tanishdi

22:48 / 09.07.2025

Mamlakatimizning iqtisodiy rivoji poytaxtimiz qiyofasida yaqqol namoyon. Barcha tumanlar va shahar atrofida bunyodkorlik sur’ati jadal. So‘nggi yillarda Yangi Toshkent qurilishi ham boshlanib, bir butun megapolisga aylanmoqda.

Hududni muvozanatli rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi qabul qilindi. Unda shaharning qurilish rejalari, muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasi, muhofaza hududlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar belgilangan.

“Yechimlar atlasi” ushbu Bosh rejaning mantiqiy davomi bo‘lib, unda shaharning tashqi qiyofasi, ko‘chalar muhiti bo‘yicha umumiy talablar qayd etilgan. Bu katalog-ma’lumotnoma qurilmalarni loyihalashtirish, o‘rnatish va ulardan foydalanish qoidalarini qamrab olgan beshta kitobdan iborat. Har bir qismda jamoat joylarini tashkillashtirish va obodonlashtirish, binolarning tashqi qismini yagona me’moriy qiyofaga keltirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Masalan, hozirgi standart bo‘yicha yo‘llarni qurish va ta’mirlash qatnov qismining “qizil chizig‘i”gacha bajariladi. Rivojlangan shaharlar tajribasida bu ko‘chaning ikki tarafidagi binodan binogacha tamoyilida amalga oshiriladi. Shunda oraliqda qarovsiz joy qolmay, yo‘l bo‘yi yaxlit va mutanosib obodonlashtiriladi.   

Atlas shahar muhitini loyihalashda barqaror rivojlanish maqsadlarini hamda milliy koloritni tatbiq etishga xizmat qiladi. Uyg‘un va ekologik toza maskanlarni yaratishga ko‘maklashib, aholining hayot sifatini yaxshilaydi. Ochiq jamoat joylarini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.

Taqdimotda ushbu talablarning mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar ko‘rib chiqildi. Shaharning o‘ziga xosligini saqlagan holda qiyofasini yanada yaxshilash, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish, turmush madaniyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar  berildi.


O‘zbekiston


														
														Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlar tayinlandi

Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlar tayinlandi

Hilola Umrova vazirlikdan olindi.
17:27 / 14.07.2025

														
														AOKA faoliyati tugatildi

AOKA faoliyati tugatildi

Prezident farmoni bilan uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etiladi.
16:33 / 14.07.2025

														
														Buxoroga zamonaviy 25 ta avtobus olib kelindi

Buxoroga zamonaviy 25 ta avtobus olib kelindi

Jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Buxoro viloyatiga yangi avtobuslar xarid qilindi.
15:24 / 14.07.2025

														
														O‘zbekistonda texnik ko‘rikdan o‘tgan liftlar “yashil”, “moviy”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

O‘zbekistonda texnik ko‘rikdan o‘tgan liftlar “yashil”, “moviy”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

Foydalanish uchun xavfli (qizil rangli) ma’lumot yorlig‘i berilgan liftdan foydalanish taqiqlanadi.
12:54 / 14.07.2025

														
														O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,5 mln.dan oshdi

O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,5 mln.dan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslar…
12:50 / 14.07.2025

														
														Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi fosh etildi

Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
11:27 / 14.07.2025

														
														Prezident qarori asosida Ekspert kengashi tashkil etiladi

Prezident qarori asosida Ekspert kengashi tashkil etiladi

Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo‘yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizo…
10:51 / 14.07.2025

														
														Test sinovlari boshlandi

Test sinovlari boshlandi

O‘zbekistonda OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlariga bugundan start berildi.
09:48 / 14.07.2025

														
														Toshkentda sex yonib ketdi

Toshkentda sex yonib ketdi

Hozircha, tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:33 / 14.07.2025

														
														Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati IIB haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
17:31 / 13.07.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilishi ma’lum qilindi.
15:06 / 13.07.2025
DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025
O‘zbekistonda texnik ko‘rikdan o‘tgan liftlar “yashil”, “moviy”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

O‘zbekistonda texnik ko‘rikdan o‘tgan liftlar “yashil”, “moviy”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

Foydalanish uchun xavfli (qizil rangli) ma’lumot yorlig‘i berilgan liftdan foydalanish taqiqlanadi.
12:54 / 14.07.2025
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiyaning Ukrainadagi urushini “shartsiz qo‘llab-quvvatlashini” bildirdi — bu haqda Px…
10:33 / 13.07.2025
O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,5 mln.dan oshdi

O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,5 mln.dan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslar…
12:50 / 14.07.2025
“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda jamoa asoschisi Rahmonali Suropov ma’lum qildi
18:29 / 13.07.2025
Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha APLda eng yaxshilaridan biri deb topildi

Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha APLda eng yaxshilaridan biri deb topildi

U mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha bir qator yulduzlarni ham ortda qoldirdi
22:32 / 13.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
“Chelsi” PSJni tor-mor etib, KJCh chempioniga aylandi

“Chelsi” PSJni tor-mor etib, KJCh chempioniga aylandi

Shu tariqa, “Chelsi” yangi formatdagi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ilk chempioniga aylandi.
10:09 / 14.07.2025
Buxoroga zamonaviy 25 ta avtobus olib kelindi

Buxoroga zamonaviy 25 ta avtobus olib kelindi

Jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Buxoro viloyatiga yangi avtobuslar xarid qilindi.
15:24 / 14.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!