$
12615.07 UZS
-19.27
162.02 UZS
-0.35
14754.59 UZS
-66.75
37° Kechasi 24°

Subsidiyaga ariza berish boshlandi

10:03 / 10.07.2025

Bugundan boshlab O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun ariza qabul qilish qaytadan ochildi.

Bunda subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi uchun shartnomalar beriladi. Arizalarni soat 9:00 dan boshlab yuborish mumkin.

Bu uchun Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki “my.gov.uz” orqali mustaqil ravishda ariza topshirish kerak bo‘ladi.

Subsidiya ajratishda ijtimoiy mezon ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda arizachilar bir nechta mezonlar bo‘yicha ball to‘plashi mumkin.

Oylik maoshga qarab hududlarda (Qoraqalpog‘iston va viloyatlar) quyidagicha ball beriladi:

• MHTEKMning 2,7 barobaridan 7 barobarigacha yoki 3 118 500 so‘mdan 8 085 000 so‘mgacha — 10 ball;

• MHTEKMning 7 barobaridan ko‘p va 8 barobarigacha yoki 8 085 000 so‘mdan 9 240 000 so‘mgacha — 5 ball.

Toshkent shahrida esa quyidagicha:

• MHTEKMning 2,7 barobaridan 8 barobarigacha yoki 3 118 500 so‘mdan 9 240 000 so‘mgacha — 10 ball;

• MHTEKMning 8 barobaridan ko‘p va 9,2 barobarigacha yoki 9 240 000 so‘mdan 10 626 000 so‘mgacha — 5 ball.

• Butun mamlakatda ariza beruvchi yoki uning oilasiga tegishli mulk yoki turar-joy bo‘lmasligi — 20 ball.

• "Labor-migration" dasturida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migranti — 10 ball.

• Olis yoki chekka hududlarda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi mutaxassislar, tibbiyot xodimlari — 5 ball.

• 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar — 5 ball.

• Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollar (ajrashgan, beva yoki yolg‘iz onalar) — 5 ball.

• “Tibbiy ijtimoiy ekspertiza” tizimidan ro‘yxatdan o‘tganlar — 5 ball.

Subsidiya qancha miqdorda beriladi?

2024-yildan boshlab yangi uylar uchun ipoteka kreditlariga subsidiyalar qat’iy belgilangan 30 mln so‘m miqdorida to‘lab berilmoqda.

Talabgor xohishi bilan subsidiya quyidagi tartibda ham to‘lanishi mumkin:

• Dastlabki to‘lovning bir qismini qoplash uchun — ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida;

• Foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun — kredit muddatining birinchi 5-yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga.

• O‘zbekistonliklarga subsidiya asosida ipoteka krediti Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 330 mln, Toshkent shahrida esa 420 mln so‘mgacha beriladi.

• Agarda dastlabki to‘lovning bir qismini qoplash tanlanadigan bo‘lsa, 50 mln so‘mgacha subsidiya olish mumkin bo‘ladi.

Subsidiya berish qanday holatda rad etiladi?

• Taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;

• Taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;

• Ilgari imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda subsidiya olganlar (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) takroriy murojaat etganda;

• Joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda.

Shunday qilib, my.gov.uz portaliga kirib, “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati orqali ariza topshirishni unutmang.


O‘zbekiston


														
														AOKA faoliyati tugatildi

AOKA faoliyati tugatildi

Prezident farmoni bilan uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etiladi.
16:33 / 14.07.2025

														
														Buxoroga zamonaviy 25 ta avtobus olib kelindi

Buxoroga zamonaviy 25 ta avtobus olib kelindi

Jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Buxoro viloyatiga yangi avtobuslar xarid qilindi.
15:24 / 14.07.2025

														
														O‘zbekistonda texnik ko‘rikdan o‘tgan liftlar “yashil”, “moviy”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

O‘zbekistonda texnik ko‘rikdan o‘tgan liftlar “yashil”, “moviy”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

Foydalanish uchun xavfli (qizil rangli) ma’lumot yorlig‘i berilgan liftdan foydalanish taqiqlanadi.
12:54 / 14.07.2025

														
														O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,5 mln.dan oshdi

O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,5 mln.dan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslar…
12:50 / 14.07.2025

														
														Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi fosh etildi

Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
11:27 / 14.07.2025

														
														Prezident qarori asosida Ekspert kengashi tashkil etiladi

Prezident qarori asosida Ekspert kengashi tashkil etiladi

Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo‘yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizo…
10:51 / 14.07.2025

														
														Test sinovlari boshlandi

Test sinovlari boshlandi

O‘zbekistonda OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlariga bugundan start berildi.
09:48 / 14.07.2025

														
														Toshkentda sex yonib ketdi

Toshkentda sex yonib ketdi

Hozircha, tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:33 / 14.07.2025

														
														Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati IIB haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
17:31 / 13.07.2025

														
														Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Ular ovlagan burama shoxli echkilar “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lgan.
16:47 / 13.07.2025

Bu ham qiziq

Prezident qarori asosida Ekspert kengashi tashkil etiladi

Prezident qarori asosida Ekspert kengashi tashkil etiladi

Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo‘yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizo…
10:51 / 14.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda jamoa asoschisi Rahmonali Suropov ma’lum qildi
18:29 / 13.07.2025
Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
09:27 / 13.07.2025
Yannik Sinner – “Uimbldon” chempioni bo‘ldi

Yannik Sinner – “Uimbldon” chempioni bo‘ldi

U finalda ispaniyalik Karlos Alkarazdan ustun keldi.
14:50 / 14.07.2025
Buxoroga zamonaviy 25 ta avtobus olib kelindi

Buxoroga zamonaviy 25 ta avtobus olib kelindi

Jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Buxoro viloyatiga yangi avtobuslar xarid qilindi.
15:24 / 14.07.2025
Toshkentda sex yonib ketdi

Toshkentda sex yonib ketdi

Hozircha, tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:33 / 14.07.2025
Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi fosh etildi

Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
11:27 / 14.07.2025
O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,5 mln.dan oshdi

O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,5 mln.dan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslar…
12:50 / 14.07.2025
Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha APLda eng yaxshilaridan biri deb topildi

Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha APLda eng yaxshilaridan biri deb topildi

U mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha bir qator yulduzlarni ham ortda qoldirdi
22:32 / 13.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!