“Seul sudi Yun Sok Yolni dekabr oyida qisqa muddatli harbiy holat joriy etgani bilan bog‘liq ayblovlar asosida ikkinchi bor hibsga olish to‘g‘risida order chiqardi”, – deya yozmoqda Yonhap.
Sobiq prezident birinchi bor joriy yilning yanvar oyida hibsga olingan, biroq mart oyida ozod qilingan edi. Siyosatchi 2024-yil dekabr oyida muxolifatga qarshilik maqsadida bir necha soat davom etgan harbiy holat e’lon qilgani sababli qo‘zg‘olon uyushtirishga urinishda ayblanmoqda.
Yangi sud majlisi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Yun Sok Yolga qarshi qo‘shimcha ayblovlar ilgari surilgan, xususan, vakolatni suiiste’mol qilish, mansabdorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilish va rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish shular jumlasidan. Sud maxsus prokurorning “sobiq prezident erkinlikda dalillarni yo‘q qilishi mumkin” degan da’vosini qanoatlantirgan.
“Sobiq davlat rahbari tergov hibsxonasiga joylashtirilgan. Uning advokatlari hibsga olish haqidagi so‘rovni “ortiqcha va asossiz” deb baholagan. Agar Yunga yangi ayblovlar qo‘yilsa, dastlabki sud qarorigacha u olti oy davomida hibsda qolishi mumkin”, - deya xabar bermoqda Yonhap.
Yun Sok Yol o‘tgan yilning dekabr oyida mamlakatda harbiy holat joriy qilishga uringan. Shundan so‘ng, parlament uni qo‘zg‘olonga urinishda ayblab, impichment e’lon qilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!