$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

21:25 / 15.07.2025

Vazirlar Mahkamasini tomonidan “Liftlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi, “Liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda “Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorlar qabul qilindi.

Yangi tizim

Qarorlar bilan liftlarni loyihalash, o‘rnatish va undan xavfsiz foydalanishda iqtisodiy operatorlarning mas’uliyati va javobgarligi belgilash, “bozor nazorati” tizimini joriy etish hamda liftlar muvofiqligini tasdiqlash “modul” tizimi asosida o‘tkazilishi va mahsulot xavfidan kelib chiqib uni tizimli va bosqichli baholab borish mexanizmlari tartibga solinmoqda.

Shuningdek, liftlarning muvofiqligini baholashda eskirgan texnik talablardan voz kechilib, xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan baholash tizimi yaratilmoqda.

Ushbu qarorlarda, lift va lift xavfsizlik qurilmalarini loyihalashdan boshlab, o‘rnatish va undan xavfsiz foydalanishda iqtisodiy operatorlarning (ishlab chiqaruvchi, o‘rnatuvchi, vakolatli vakil, import qiluvchi va distribyutor) mas’uliyati va javobgarligi belgilanmoqda.

Barchamizga ma’lumki, oxirgi yillarda lift sifati va xavfsizligi bilan bog‘liq 4 ta baxtsiz hodisa yuz berdi (3 ta Xitoydan va 1 ta Turkiyadan import qilingan liftlarda). Ushbu holatlarga bir qancha omillar bog‘liq bo‘lib, amaldagi qonunchilik bilan, liftlarni o‘rnatish, muvofiqligini baholash, o‘rnatilgan liftlarning texnik ko‘riklari va servis xizmatini amalga oshirish hamda bozor ishtirokchilariga talablar belgilanmagan edi.

Bundan tashqari, so‘nggi 2 yildagi tahlillar respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftlarning 8,9 mingtasi (78 foiz) texnik sinovdan o‘tkazilmaganligi, 6 mingtasi (52 foiz) texnik pasporti mavjud emasligi hamda 7,4 mingtasida (65 foiz) texnik xizmat ko‘rsatuvchi mavjud emasligini ko‘rsatdi.

Xalqaro tajriba

Liftlarni xavfsizligini ta’minlash sohasini tartibga solish maqsadida, ushbu sohada samarali tizimni joriy etgan Yevropa Ittifoqi va Turkiya tajribasi asosida, O‘zbekistonda xalqaro talablarga to‘liq muvofiq bo‘lgan va liftlarning butun hayot davri, loyihalashdan tortib utilizatsiyasigacha bo‘lgan bosqichlarda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan butunlay yangicha tizim joriy qilinmoqda.

Amalda respublikamizda o‘rnatilgan liftlarda servis xizmatlari hamda texnik ko‘riklarini o‘tkazish samarasiz bo‘lgan. Rivojlangan ilg‘or mamlakatlarning (Turkiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari) samara berib kelayotgan boy tajribasiga asoslangan holda binolarga o‘rnatilgan liftlarning servis va texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha yangi amaliyot joriy etilmoqda.

Xalqaro standartlarga o‘tish

Liftlarga nisbatan xavfsizlik talablari to‘liq xalqaro standartlarga asoslanmoqda. Ularning muvofiqligini baholash “modul” tizimi asosida tayinlangan (notifikatsiya qilingan) idora tomonidan amalga oshirilishi hamda “milliy muvofiqlik belgisi” bilan tamg‘alash amaliyoti joriy etilishi nazarda tutilgan.

Huquqiy eksperiment tariqasida “bozor nazorati” tizimini joriy etish nazarda tutilib, bunday tizim rivojlangan davlatlarda nafaqat liftlardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash, balki liftlarni eksport qilishda ham samara bermoqda.

Hayot sifatini yaxshilash, foydalanuvchilar va jamiyat xavfsizligi

Joriy etilayotgan yangi amaliyotlar natijasida, liftlardan foydalanuvchilar va jamiyatda hayot sifati yaxshilanib, baxtsiz hodisalar oldi olinishiga erishiladi.

Ushbu qabul qilingan qarorlar bilan, O‘zbekistonda xalqaro tajribaga asoslangan mutlaqo yangi amaliyot joriy qilinishi natijasida aholi va jamoatchilikning liftlardan xavfsiz foydalanishi ta’minlanadi.

ISO/IEC 17020 xalqaro standarti asosida akkreditatsiya

Endilikda, liftlarni texnik ko‘riklarini amalga oshiruvchi tashkilotlar ISO/IEC 17020 xalqaro standartiga muvofiq bo‘lishi hamda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan holda bino va inshootlarda o‘rnatilgan liftlar “dastlabki” va har 12 oyda “davriy” texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Liftlarni texnik holatiga qarab xavflarga ajratish hamda ularni “yashil”, “ko‘k”, “sariq” va “qizil” rang bilan yorliqlash yordamida aholi va jamoatchilikning xabardorligini oshirish va xavfsiz foydalanishni nazorat qilish imkoniyati yaratiladi. Aholi va keng jamoatchilik, ushbu o‘rnatilgan yorliqlar yordamida nosoz yoki xavfli liftlarni oson aniqlab olishlari, zarur hollarda vakolatli nazorat organlariga xabar berishlari mumkin bo‘ladi.

Tubdan o‘zgartirish va yangi amaliyot

Ushbu islohotlar natijasida, O‘zbekistonda xalqaro tajribaga asoslangan mutlaqo va tubdan o‘zgartirilgan yangi amaliyot joriy qilinishi, nafaqat lift va undan foydalanishda balki kelgusida ushbu tizim asosida boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, loyihalash va muvofiqligini baholash va nazorat qilish mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etishdagi ilk qadamlar hisoblanadi. 

 


O‘zbekiston


														
														Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yo‘lovchi tashish bo‘yicha haftasiga 46 ta muntazam aviaqatnov…
11:31 / 17.07.2025

														
														Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
09:53 / 17.07.2025

														
														“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:23 / 17.07.2025

														
														Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025

														
														17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025

														
														O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025

														
														O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025

														
														Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 15:35 da bartaraf etilgan.
16:11 / 16.07.2025

														
														Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
16:07 / 16.07.2025

														
														O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025

Bu ham qiziq

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mah…
12:58 / 16.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gruzinlar hukumati ma’lum shartlarni bajarishi lozim
18:37 / 16.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025
Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025
17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qo‘shnilarimiz qimmatbaho toshning ancha qismini ruslardan olmoqda
18:56 / 16.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!