36 yoshli jurnalist avtohalokatda vafot etdi

  • 13:50 / 20.09.2021
  • 305

"Xalq so‘zi" gazetasi jurnalisti Said Maxsumov avtohalokatga uchrab, halok bo‘ldi. 1986-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan jurnalist Nukus shahridagi II Xalqaro baxshichilik san’ati festivalidan qaytayotganda YTHga uchragan.

Mazkur tadbirda ishtirok etgan jurnalistlardan birining bildirishicha, jurnalist noma’lum sabablarga ko‘ra, OAV vakillari guruhi bilan samolyotda qaytishni istamay, Toshkentga avtomobilda yo‘lga chiqqan bo‘lgan.

Said Maxsumov O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ko‘p yillar davomida "Ma’rifat" va "Xalq so‘zi" gazetalarida ishlagan.

Xabardor.uz marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.