$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 26°

Namanganda islomiy davlat qurishni targ‘ib qilganlar ushlandi

09:30 / 19.07.2025

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida “Islom Davlati Xuroson Viloyati” xalqaro terroristik tashkilotining yashirin “jamoati” fosh etildi.

Guruhning 16 nafar a’zolarining yashash manzillari ko‘zdan kechirilib, 37 ta uyali aloqa vositalari, 51 dona nashriyoti ko‘rsatilmagan diniy adabiyotlar, 40 ta DVD disk, 4 ta flesh-karta hamda noutbuk va planshet ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro tomonidan tashkil etilgan “jamoat” yig‘ilishlarida xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining “jihod” va “shahidlik”ka chorlovchi da’vatlari faol targ‘ib qilingan.

Jamoat yetakchisi Telegram messenjerida jami 120 nafardan ortiq a’zosi bo‘lgan virtual kanal va guruhlar tashkil qilib, ularda “Islom Davlati” terroristik tashkiloti atributlari, ekstremistik materiallar hamda “jihodiy” mazmundagi audio-video fayllarni tarqatgan hamda jamoat a’zolari bilan o‘zaro muhokamalar qilgan.

Shuningdek, mazkur virtual kanallarda yoshlarni “shariat hukmi” asosida “jihodiy” ruhda ulg‘aytirish va O‘zbekistondagi siyosiy, ijtimoiy-diniy islohotlarga qarshi norozi kayfiyatda tarbiyalash orqali “Islomiy davlat” asoslarini omma orasida targ‘ib qilishga qaratilgan “post”lar va diniy da’vatlar joylashtirib kelingan.

Jamoat yetakchisi 2022-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil qilingan “hujra”da diniy saboq olishi natijasida uning qarashlarida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Bundan xabar topgan otasi qizining noto‘g‘ri yo‘lda ekanligi bo‘yicha nasihat qilganida, u o‘z otasini “kofir”ga chiqargan.

Shuningdek, guruh a’zolaridan biri Namangan shahrida joylashgan xususiy universitet ta’sischisi hisoblanadi.

Hozirda guruh tashkilotchisi va 3 nafar faol a’zosiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Guruhning qolgan a’zolariga nisbatan ham surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 


O‘zbekiston


														
														O‘qishni ko‘chirish uchun pul to‘lanishi rostmi?

O‘qishni ko‘chirish uchun pul to‘lanishi rostmi?

Xushnud Xudoyberdiyev bu boradagi fikrlarini bildirdi
23:12 / 19.07.2025

														
														20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:39 / 19.07.2025

														
														Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Tahmina Ikromova bu orada o‘zining zafarli odimlarini davom ettirmoqda
20:36 / 19.07.2025

														
														Buxoro shahrida yangi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Buxoro shahrida yangi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Avtobuslarning oraliq interval vaqti ham ancha qulay qilib belgilangan
20:02 / 19.07.2025

														
														Ekologiya vazirligi Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish taklifiga qarshi chiqdi

Ekologiya vazirligi Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish taklifiga qarshi chiqdi

Shuningdek, tadbirkor tilga olgan daraxt kesish bo‘yicha turli “usullar” qo‘llanilayotganligi munosabati bilan “taftish o‘tk…
17:48 / 19.07.2025

														
														O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi tashkil etiladi

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi tashkil etiladi

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinib, 2029-yil yakuniga qadar ularni 1 mln boshga ye…
16:55 / 19.07.2025

														
														Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Bugun, 19-iyul kuni, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY282 reysida, Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz va…
16:00 / 19.07.2025

														
														Bakalavr va magistrlar uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi

Bakalavr va magistrlar uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi

“Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Pre…
11:10 / 19.07.2025

														
														Toshkentda yana bir ko‘cha bir oyga yopildi

Toshkentda yana bir ko‘cha bir oyga yopildi

Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar …
10:05 / 19.07.2025

Bu ham qiziq

Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

London shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
09:05 / 20.07.2025
Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Ta’kidlanishicha, gidroenergetika loyihasini amalga oshirish bilan China Yajiang Group kompaniyasi shug‘ullanmoqda, u qurili…
10:06 / 20.07.2025
Suriya va Isroil sulhga erishdi

Suriya va Isroil sulhga erishdi

Diplomat druzlar, badaviylar va sunniylarni qurollarni tashlab, boshqa ozchilik guruhlar bilan birgalikda qo‘shni davlatlar …
14:23 / 19.07.2025
Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Tahmina Ikromova bu orada o‘zining zafarli odimlarini davom ettirmoqda
20:36 / 19.07.2025
O‘qishni ko‘chirish uchun pul to‘lanishi rostmi?

O‘qishni ko‘chirish uchun pul to‘lanishi rostmi?

Xushnud Xudoyberdiyev bu boradagi fikrlarini bildirdi
23:12 / 19.07.2025
O'zbekistonda ta‘lim sohasidagi xizmatlar hajmi 8,9 foizga oshdi

O'zbekistonda ta‘lim sohasidagi xizmatlar hajmi 8,9 foizga oshdi

Bu yo‘nalishda oliy ta‘lim sohasi yaqqol ustunlik qilmoqda
18:25 / 19.07.2025
19-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.
21:31 / 18.07.2025
Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegara blok-postida sodir bo‘lgan
18:32 / 18.07.2025
Toshkent shahar IIBBning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi

Toshkent shahar IIBBning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi

Tadbir shaxsan ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayub Rahmatullayev boshchiligida o‘tkazildi
18:54 / 18.07.2025
Toshkentda yana bir ko‘cha bir oyga yopildi

Toshkentda yana bir ko‘cha bir oyga yopildi

Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar …
10:05 / 19.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!