“Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyish bilan 2025/2026-o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Bunda:
– bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
– 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
– 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
– 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
– 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
Magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
– 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
– 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
– 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
– 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 784 ta.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:
– respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
– davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;
– Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!