$
12578.21 UZS
-79.98
160.31 UZS
-1.13
14633.49 UZS
-38.62
41° Kechasi 26°

Ekologiya vazirligi Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish taklifiga qarshi chiqdi

17:48 / 19.07.2025

Bugun, 19-iyul kuni Ekologiya vazirligi tadbirkor Murod Nazarovning moratoriy o‘rniga “kompensatsion ekish” va “daraxtlar banki”ni joriy qilish taklifiga munosabat bildirdi.

Vazirlikka ko‘ra, O‘zbekiston dengiz va okeanlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan mamlakat. Shu bois kislorod manbalari va karbonat angidridni yutish imkoniyatidan mahrum. Hududning 60 foizdan ortig‘i cho‘l va yarim cho‘llardan iborat bo‘lib, iqlim o‘zgarishlariga nisbatan juda zaif hisoblanadi. Bu holat tabiatni ko‘proq himoya qilishni talab qiladi.

Daraxt kesishga moratoriy yashil hududlarni saqlash uchun joriy etilgan. U ekologik barqarorlikning muhim kafolati hisoblanadi.

Jahon amaliyotida ham daraxtlarni himoya qilish qattiq nazoratda. Masalan, Germaniyada noqonuniy kesish uchun 50 000 yevrogacha jarima belgilangan.

Britaniyada qamoq jazosi va 20 000 funtgacha jarima mavjud… Qozog‘iston va Rossiyada ham bunday qilmish uchun jinoiy jazo bor. 2023-yilda mashhur Sycamore Gap daraxtini kesgan shaxs 4 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilingan.

Xabarda aytilishicha, taklif qilinayotgan kompensatsion ekishlar va “daraxtlar banki” mavjud moratoriyga to‘liq muqobil bo‘la olmaydi. Masalan, bitta daraxt yiliga 21 kg CO₂ ni yutadi. Birorta ham ko‘chat bu funksiyani o‘n yillab yillar davomida bajara olmaydi.

“Daraxtlar banki” tizimi korrupsiya va nazoratsizlikka olib kelishi mumkin.

Vazirlik ayrim quruvchilar daraxtlarni sun’iy quritish, so‘ngra kesish orqali moratoriyni chetlab o‘tayotganini qayd etdi. Bunday holatlarga qarshi chora ko‘rilayotgani bildirilgan.

Vazirlik mavjud moratoriyni qayta ko‘rib chiqishga urinish, ayniqsa, kompaniyalar o‘z faoliyatiga ESG tamoyillarini joriy etishga intilayotgan, shuningdek, mamlakatda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingan bir paytda, afsus bilan qarshi olinishini bildirgan.

“O‘z chiqishida janob Nazarov har qanday yo‘l bilan daraxt kesish bo‘yicha turli “usullar” qo‘llanilayotganini tilga oldi. Shu munosabat bilan vazirlik uning daraxt kesishda qo‘llayotgan yondashuvlarini atroflicha tekshirish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘liq taftish o‘tkazilishi zarur, deb hisoblaydi. Ushbu o‘rganish natijalari uning oldingi faoliyati yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish imkonini beradi, deb umid qilamiz”, – deyiladi vazirlik munosabatida.

Shuningdek, “Barqaror qurilish — daraxtni kesib emas, uni saqlab qurish degani”, – deya bildirilgan munosabatda.


O‘zbekiston


														
														Toshkent viloyatida noqonuniy diniy ta’lim berganlar aniqlandi

Toshkent viloyatida noqonuniy diniy ta’lim berganlar aniqlandi

Noqonuniy faoliyat yuritgan mazkur shaxslar hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan qo…
09:27 / 21.07.2025

														
														Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
09:25 / 21.07.2025

														
														Toshkentda mashina yonib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Toshkentda mashina yonib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
09:11 / 21.07.2025

														
														21-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

21-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi
22:19 / 20.07.2025

														
														Qabul-2025. 6-kun natijalari e’lon qilindi

Qabul-2025. 6-kun natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar natijalarni bir necha usulda bilishlari mumkin
21:52 / 20.07.2025

														
														O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi yangi madaniyat elchisi tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi yangi madaniyat elchisi tayinlandi

Ushbu lavozimga asl kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan inson tayinlandi
19:46 / 20.07.2025

														
														Vetnam o‘zbekistonliklar eng ko‘p borayotgan davlatlardan biriga aylandi

Vetnam o‘zbekistonliklar eng ko‘p borayotgan davlatlardan biriga aylandi

Statistika qo‘mitasi bu borada 2025-yilning dastlabki 6 oyi davomidagi natijalarni taqdim etdi
18:35 / 20.07.2025

														
														Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-mo…
17:57 / 20.07.2025

														
														Ertaga qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 21-iyul uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
16:36 / 20.07.2025

														
														Toshkentda avtobus yonib ketdi

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
14:18 / 20.07.2025

Bu ham qiziq

Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Hozirda shahar politsiyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining yuzlab xodimlari voqea joyida bo‘lib turibdi
21:33 / 19.07.2025
Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Ta’kidlanishicha, gidroenergetika loyihasini amalga oshirish bilan China Yajiang Group kompaniyasi shug‘ullanmoqda, u qurili…
10:06 / 20.07.2025
21-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

21-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi
22:19 / 20.07.2025
Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-mo…
17:57 / 20.07.2025
Buxoro shahrida yangi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Buxoro shahrida yangi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Avtobuslarning oraliq interval vaqti ham ancha qulay qilib belgilangan
20:02 / 19.07.2025
Moskva shahar hokimi: “Poytaxtga uchirilgan yana bir harbiy dron urib tushirildi”

Moskva shahar hokimi: “Poytaxtga uchirilgan yana bir harbiy dron urib tushirildi”

Sergey Sobyaninning aytishicha, havo mudofaa tizimi o‘z vaqtida bu hujumni bartaraf eta olgan
21:33 / 20.07.2025
Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga kamidan 1,5 soat oldin, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan k…
10:50 / 20.07.2025
Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

London shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
09:05 / 20.07.2025
Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Prezidentlikka nomzodlikdan chetlatilgan Kalin Georgesku tarafdorlari bir nechta shaharlarda tartibsizliklar uyushtirishda d…
22:56 / 20.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!