Los-Anjeles yong‘in va qutqaruv xizmatining xabariga ko‘ra, shanba kuni rulida noma'lum erkak bo'lgan mashina o'z yo‘nalishini to‘g‘ri olomon tomonga haydagan.
Xabar qilinishicha, 20 dan ortiq odam jarohat olgan. Ulardan kamida to‘rttasi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Voqea shaharning shimoli-g‘arbidagi Santa Monika xiyobonida sodir bo‘lgan. Xodisa sabablari hali to'liq aniqlanmagan.
“CNN” nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda voqea joyida shahar favqulodda va qutqaruv xizmatlarining 120 dan ortiq xodimlari ishlamoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!