Moskva shahar meri(hokim) Sergey Sobyaninning aytishicha, Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimi shahar tomonga uchirilgan harbiy dronlarni urib tushirgan.
Yakshanba kuni ertalab Sobyanin 15 ta samolyot yo‘q qilinganligi haqida xabar berdi va favqulodda xizmatlar Zelenograd shaharchasida(Moskva tarkibiga kiradi) ishlayotganini aytdi.
Dronlarning hujumi oqibatida Zelenograddagi ko‘p qavatli uylardan biriga va bir nechta mashinalarga zarar yetgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.
“Rosaviatsiya”ning xabar berishicha, yakshanba kuni Moskvadagi Sheremetyevo, Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlari samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy qilingan. Ammo bir oz muddatdan keyin barcha cheklovlar bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!