$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

O‘zbekistonda avtosug‘urta summasi ikki baravar oshiriladi

15:28 / 24.07.2025

O‘zbekistonda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasi 80 mln so‘mgacha oshiriladi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligining xabar qilishicha, bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasini 80 mln so‘mgacha oshirilishi belgilandi (amalda 40 mln so‘m). 

“Bu o‘z navbatida YTH natijasida jabrlangan shaxslarning mol-mulkiga, hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash uchun yo‘naltiriladigan mablag‘ning bugungi kun talabiga mos ravishda bo‘lishiga xizmat qiladi”, – deyiladi xabarda. 

Hisob-kitoblar asosida sug‘urta tariflari qayta ko‘rib chiqilib, sug‘urta summalari va mukofotlari bozor tamoyillariga muvofiqlashtirildi. Haydovchilar soniga qarab cheklangan va cheklanmagan polislarni rasmiylashtirish mexanizmi belgilandi. Bunda aybdor deb topilgan sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchisi tomonidan sug‘urta da’volari va boshqa nizolarni ko‘rib chiqish tartibi aniqlashtirildi.

Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasiga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan huquqiy maslahat hamda YTH to‘g‘risidagi xabarnoma bilan bog‘liq adjasterlik xizmatini ko‘rsatish funksiyasi qo‘shildi.

Majburiy sug‘urtalash majburiyatining bajarilishini nazorat qilish uchun mas’ul organlar va Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini yuritish tartibi aniqlashtirildi. Manfaatdor davlat organlari bilan majburiy sug‘urta bo‘yicha elektron ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan Yagona sug‘urta billing tizimi joriy etiladi. Bu polislarni rasmiylashtirishda sug‘urta mukofotlari tushumlarining markazlashtirilgan hisobini yuritilishini ta’minlaydi.

Fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish mexanizmlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish ham topshirildi.

Qayd etilishicha, hukumatning ushbu qaror prezidentning 2024-yil 1-martdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

O‘zbekistonda belgilangan sug‘urta puli va sug‘urta mukofoti hozirda yaqin qo‘shni davlatlar hamda chet el davlatlari bilan solishtirganda eng kam ko‘rsatkichni tashkil etgan.


O‘zbekiston


														
														Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:27 / 04.08.2025

														
														“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025

														
														4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025

														
														Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025

														
														O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025

														
														O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025

														
														O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi
19:07 / 03.08.2025

														
														1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025

														
														Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025

Bu ham qiziq

Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik nafaqasi rekord darajadagi 47 milliard yevroga yetdi.
17:14 / 03.08.2025
Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025
O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025
Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

U sud qaroridan norozi ekanligini va apellyatsiya berishini ma’lum qildi
18:02 / 02.08.2025
G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025
AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

Bu surat iyul boshida imzolangan avtomobilsozlikka oid qaror fonida tarqaldi
21:40 / 02.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradilar”, – deyiladi xabarda.
11:37 / 03.08.2025
Toshkentda 2-avgustdan 25-avgustgacha yo‘l yopiladi

Toshkentda 2-avgustdan 25-avgustgacha yo‘l yopiladi

Shuningdek, xabarda avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkinligi bildirilgan.
12:43 / 03.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Qulaylik maqsadida esa mazkur vokzalgacha jamoat transporti qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.
09:24 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!