$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni yanada oshiriladi

18:18 / 24.07.2025

Tadbir davomida ikki davlat Transport vazirliklari delegatsiyalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

Muzokaralar chog‘ida bugungi kunda amaldagi aviaqatnovlar sonini oshirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish va tomonlarning aviakompaniyalariga tegishli huquqlarni berish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra quyidagi kelishuvlarga erishildi:

Xususan, har bir mamlakat tayinlangan aviakompaniyalari tomonidan haftasiga

- Toshkent – Moskva yo‘nalishida 50 tadan (jami 100 ta);

- Samarqand – Moskva yo‘nalishida 23 tadan (jami 46 ta);

- Buxoro – Moskva, Urganch – Moskva, Farg‘ona – Moskva, Namangan –Moskva yo‘nalishlarida 14 tadan (jami 112 ta);

- Toshkent – Sankt-Peterburg, Toshkent – Krasnoyarsk, Toshkent – Sochi  yo‘nalishlarida 14 tadan (jami 42 ta);

- Termiz – Moskva yo‘nalishida 10 tadan (jami 20 ta);

- boshqa barcha shaharlar yo‘nalishlarida 7 tadan, ya’ni Rossiya aviatashuvchilari uchun ularning 80 ta xalqaro aeroportidan O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga jami 560 ta, O‘zbekiston aviatashuvchilari uchun O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlaridan yuqorida qayd etilganidan tashqari Rossiyaning eng yirik 29 ta xalqaro aeroportlariga jami 203 ta aviaqatnovni amalga oshirish huquqini berish;

- shuningdek, aviaqatnovlarni amalga oshirish chog‘ida 3 ta parvoz manzilini o‘zida birlashtiruvchi “uchburchak” shakldagi qatnovlarni amalga oshirish doirasida aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovlarni bekor qilib, har bir kompaniyaga 5 tagacha shaharni tanlash huquqini berish.

Mazkur kelishuv doirasida har ikki mamlakat aviakompaniyalari barcha parvoz shaharlaridan samarali foydalangan holda haftasiga 1000 dan ortiq qatnovni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi, ayni vaqtda ikki mamlakat o‘rtasida haftasiga jami 310 dan ortiq muntazam aviaqatnov bajarilmoqda.


Bu ham qiziq

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025
Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Rossiya va Ozarbayjon bir-birini agressivlikda ayblamoqda
19:39 / 02.08.2025
Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025
1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Qulaylik maqsadida esa mazkur vokzalgacha jamoat transporti qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.
09:24 / 03.08.2025
Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:27 / 04.08.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025
Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Ma’lumotlarga ko‘ra “Mangal fest”da bir guruh fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
12:20 / 03.08.2025
Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

U sud qaroridan norozi ekanligini va apellyatsiya berishini ma’lum qildi
18:02 / 02.08.2025
Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik nafaqasi rekord darajadagi 47 milliard yevroga yetdi.
17:14 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!