$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Endi magistratura va doktoranturaga kirish uchun chet tili sertifikati kerak emasmi?

19:14 / 24.07.2025

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda shu mavzu atrofida turli xil fikrlar yangragani fonida huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev voqea haqida o‘z sahifasida izoh qoldirdi.

“2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Prezident farmoni bilan bir qator hujjatlarga o‘zgarishlar kiritildi va ayrimlari to‘liq o‘z kuchini yo‘qotdi. Masalan, ushbu farmon bilan maktab o‘quvchilarining oxirgi 6 yillik o‘rtacha bahosi test baliga qo‘shilishi bekor bo‘lgani haqida yozgandim.

Ushbu farmonda 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli Prezident qarorining 6-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlanishi ham belgilangan. Ushbu xatboshida shunday deyilgan edi:

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etilsin. Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi nazarda tutilsin.

Mana shu band chiqarib tashlandi, ya’ni o‘z kuchini yo‘qotdi. Lekin bu sertifikatlar bekor bo‘lganini anglatmaydi. Shunchaki 2021-yildagi mazkur qoidaning o‘zi eskirgan edi. O‘tgan 2024-yilda magistratura va doktoranturaga xorijiy til bilish darajasining yangi qoidasi belgilangan.

2024-yil 24-maydagi PF-81-sonli Prezident farmonida quyidagi yangi talablar belgilangan:

4. Belgilansinki, magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha — kamida C1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha — kamida B2 darajasida;

boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha — kamida B1 darajasida.

Ko‘rib turganingizdek, yangi qoidalarda B1 darajaga ham ruxsat berilgandi.

XULOSA: 2021-yildagi qarordan sertifikatga oid xatboshining chiqarib tashlanganiga asosiy sabab, ushbu qoidalar eskirgani va amalda emasligi edi. Magistratura va doktoranturaga til bilish darajasining yangi qoidalari 2024-yildagi qaror bilan belgilangan va u o‘z kuchida turibdi” – deydi bloger o’z sahifasi orqali.


O‘zbekiston


														
														Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:27 / 04.08.2025

														
														“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025

														
														4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025

														
														Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025

														
														O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025

														
														O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025

														
														O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi
19:07 / 03.08.2025

														
														1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025

														
														Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025

Bu ham qiziq

Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Hujjat muhokama uchun taqdim etilgan va hali tasdiqlanmagan.
16:24 / 03.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

U sud qaroridan norozi ekanligini va apellyatsiya berishini ma’lum qildi
18:02 / 02.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025
Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Bu haqda tegishli kelishuv imzolandi
21:22 / 02.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Qulaylik maqsadida esa mazkur vokzalgacha jamoat transporti qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.
09:24 / 03.08.2025
O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlaridan qo‘shni Qirg‘iziston bo‘lib turibdi

O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlaridan qo‘shni Qirg‘iziston bo‘lib turibdi

Birgina gilam savdosi bo‘yicha 2025-yilda qariyb 4 mln² gilam qo‘shni davlatga eksport qilingan
19:50 / 02.08.2025
Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Hukumatning 2-avgustdan kuchga kirgan “Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarg…
14:30 / 03.08.2025
Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:31 / 02.08.2025
Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Senatning navbatdagi majlisida qaror loyihasi ko‘rib chiqildi
18:12 / 02.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!