AP News xabariga ko‘ra, Ukraina Qo‘shma Shtatlardan 322 million dollarlik qurol-yarog‘ sotib oladi. AQSh davlat departamenti tomonidan 23-iyul kuni tasdiqlangan paket havo hujumidan mudofaa va quruqlik texnikalarni o‘z ichiga oladi.
AQSh Kongressiga yuborilgan xabarnoma matniga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan zirhli texnikalarni sotib olish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va modernizatsiya qilish uchun 150 million dollar, zenit-raketa tizimlari uchun esa 172 million dollar ajratilgan. Umumiy olganda, paketning qiymati 322 million dollarni tashkil etadi.
Oldinroq Pentagon rahbari Pit Xegset Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishga ko‘rsatma bergandi. AQSh mudofaa vaziri buni mamlakat o‘z qurol-yarog‘ zaxiralarini baholashi lozimligi bilan izohlagan. Biroq masalaga Oq uy aralashgach, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni tikladi. Biroq endilikda ular uchun to‘lovni Yevropa o‘z zimmasiga oladi.
“Biz shunday qilishimizga to‘g‘ri keladi. Ular o‘zlarini himoya qila olishlari lozim. Ukraina hozir qaqshatqich zarbalar ostida. Biz yana birmuncha qurol-aslaha yuboramiz — birinchi navbatda mudofaa qurollarini”, degan edi Tramp.
Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlagan 2022-yil fevralidan buyon Vashington tomonidan qiymati Kiyevga 67 milliard dollardan ortiq qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar yetkazib berilgani ma’lum qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!