$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

TASS rahbari o‘rinbosari Gusman ishdan olindi

10:11 / 26.07.2025

Huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin TASS axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Mixail Gusmanni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmoyishni imzolagan.

Kadrlar bo‘yicha qaror sabablari hujjat matnida ko‘rsatilmagan.

Ma’lum qilinishicha, TASS bosh direktori Andrey Kondrashov Gusmanga “agentlikdagi 30 yillik fidokorona mehnati” uchun minnatdorlik bildirib, unga yangi loyihalar va iqtidorli jamoalar tilagan.

Gusmanning iste’fosi uning Ozarbayjondagi Shusha Global Media Forumidagi ishtiroki atrofidagi shov-shuv bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. U Shushada prezident Ilhom Aliyevga savol bilan murojaat qilib, Ozarbayjonning tashqi siyosatini “mutlaqo noyob” deb ta’riflab, uning asosiy tamoyillarini tushuntirib berishni so‘ragan.

“Sizdan buni qanday uddalayotganingizni so‘rash mohir skripkachidan skripkani qanday chalishini so‘rash bilan barobar ekanligini tushunaman. U shunchaki: “G‘ijjakni, kamonni olib chalaman”, deydi. Ammo sizning siyosatingiz, menimcha, juda aniq va puxta o‘ylangan siyosiy tamoyillarga asoslangan bo‘lib, bu sizga ushbu ko‘p qirrali siyosatni yuritishga imkon beradi. Shu bois, menimcha, muvaffaqiyatli tashqi siyosat olib borishga yordam beradigan prezident Aliyevning 5-7 ta asosiy siyosiy tamoyillarini aytib bera olasizmi?”, deya so‘ragan Gusman.

Forumdan so‘ng bir qator rossiyalik blogerlar Gusmanni qattiq tanqid qilishgan. Telegram kanallari mualliflari uni “ozarbayjon qamoqxonalarida rus jurnalistlari o‘tirgan” bir paytda Bokuga xushomad qilishda ayblashgan.

Moskva va Boku o‘rtasidagi munosabatlardagi inqiroz 2024-yil 25-dekabr kuni Qozog‘istonning Aqtau shahrida AZAL samolyoti halokatga uchraganidan so‘ng keskinlashdi. Samolyot Bokudan Grozniyga yo‘l olgan edi. Iyul oyi o‘rtalarida Ozarbayjon Rossiyaga qarshi xalqaro sudga da’vo arizasi topshirmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi.

O‘zaro hibsga olishlardan so‘ng vaziyat yanada keskinlashdi. Iyun oyi oxirida Yekaterinburgda 2001-2011-yillardagi jinoyatlar bo‘yicha ishlar doirasida 50 ga yaqin Ozarbayjon fuqarosi qo‘lga olindi. Ikki nafar asosiy gumonlanuvchi — aka-uka Huseyn va Ziyaddin Safarovlar tergov harakatlari davomida vafot etdi.

Bunga javoban Ozarbayjonda o‘ndan ortiq rossiyalik hibsga olindi. Shuningdek, “Sputnik Ozarbayjon” tahririyatida tintuv o‘tkazilib, ikki xodim qamoqqa olingan edi.



														
														Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik nafaqasi rekord darajadagi 47 milliard yevroga yetdi.
17:14 / 03.08.2025

														
														Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Hujjat muhokama uchun taqdim etilgan va hali tasdiqlanmagan.
16:24 / 03.08.2025

														
														G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025

														
														AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

Bu surat iyul boshida imzolangan avtomobilsozlikka oid qaror fonida tarqaldi
21:40 / 02.08.2025

														
														Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Bu haqda tegishli kelishuv imzolandi
21:22 / 02.08.2025

														
														Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Rossiya va Ozarbayjon bir-birini agressivlikda ayblamoqda
19:39 / 02.08.2025

														
														Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

U sud qaroridan norozi ekanligini va apellyatsiya berishini ma’lum qildi
18:02 / 02.08.2025

														
														Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Yillik gaz yetkazib berish hajmi 1,2 milliard kub metr gazni tashkil qilishi bildirildi.
16:32 / 02.08.2025

														
														Rossiyada migrantlarning bolalari pulli ta’lim olishi mumkin

Rossiyada migrantlarning bolalari pulli ta’lim olishi mumkin

Yangi tashabbusga ko‘ra, chet ellik bolalar rus maktablarida pulli ta’lim olishi kerak, rus tilini bilish uchun faqat 3 mart…
15:29 / 02.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Xitoyda yuz bergan suv toshqinlari sabab Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda yuz bergan suv toshqinlari sabab Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Prezident vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga taskin-tasalli so‘zlarini ham yo‘lladi
14:40 / 02.08.2025

Bu ham qiziq

“Real Madrid” hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

“Real Madrid” hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Bunday qaror bosh murabbiy Xabi Alonsodan chiqqan deb hisoblanmoqda
16:38 / 02.08.2025
O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025
AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

Bu surat iyul boshida imzolangan avtomobilsozlikka oid qaror fonida tarqaldi
21:40 / 02.08.2025
“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025
Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Senatning navbatdagi majlisida qaror loyihasi ko‘rib chiqildi
18:12 / 02.08.2025
Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

U sud qaroridan norozi ekanligini va apellyatsiya berishini ma’lum qildi
18:02 / 02.08.2025
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi
19:07 / 03.08.2025
1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025
Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Rossiya va Ozarbayjon bir-birini agressivlikda ayblamoqda
19:39 / 02.08.2025
Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Hukumatning 2-avgustdan kuchga kirgan “Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarg…
14:30 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!