$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Toshkent shahrida elektr ta’minotidagi uzilishlar sabablari o‘rganildi

19:00 / 26.07.2025

Joriy yilning 24-25-iyul kunlari Toshkent shahrining turli tumanlarida elektr quvvati ta’minoti bilan bog‘liq avariyalar hamda tarmoqlarda kuchlanishning pasayib ketishi kuzatildi.

Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan mutaxassislarni jalb etgan holda o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda poytaxtda 823 mingdan ortiq elektr quvvati iste’molchilari bor. Bu 2024-yilga nisbatan 47,6 ming, joriy yil boshiga nisbatan 21 mingtaga ko‘paygan. Elektr energiyasi iste’moli 2022-yilda 7,6, 2023-yilda 8,3, 2024-yilda 8,7 milliard kVt soatni tashkil etgan. Yiliga o‘rtacha 621,3 million kVt soat yoki 9 foizga ortmoqda.

O‘rganishlar davomida quyidagi xato va kamchiliklar aniqlandi.

Hozirda tizimdagi 1154-raqamli CALL-markaz orqali murojaatlarni qabul qiluvchi operatorlar 5 nafarni tashkil etadi. Shu sababli operator bilan ulanish uchun 60-70 tagacha navbat yuzaga kelgan. O‘rganish natijasida markazga qo‘shimcha 10 nafar operator biriktirildi. Bundan tashqari, cheklovlar va avariyalar haqida iste’molchilarni vaqtida xabardor qilish ham talab darajasida tashkil etilmagan. Iyul oyining 23 kunida 64 ta avariya bo‘yicha iste’molchilar ogohlantirilmagan, 112 tasi bo‘yicha esa kech ogohlantirilgan.

O‘rganish natijasida barcha tuman hokimliklarining rasmiy saytlari va kuzatuvchilar ko‘p bo‘lgan internet kanallarida bu haqda zudlik bilan ogohlantirish e’lonlari berilishi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, har bir hududdagi avariya-dispetcherlik xizmatlariga prokuratura xodimlari biriktirilib, avariya dispetcherlik xizmatlarining shayligi oshirildi. Ta’minotdagi avariyalar, rejaviy uzilishlar haqida iste’molchilarni xabardor qilish, avariya holatlarini zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan matbuot va dispetcherlik xizmatlari xodimlari rasman ogohlantirildi.

28 nafar (“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ boshlig‘i va 11 nafar tuman elektr ta’minoti korxonalari boshliqlari, 13 nafar tuman korxonasi bosh muhandislari, 3 nafar tuman korxonasi dispetcherlik xizmati xodimlari) mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.

Shu bilan birga, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tizimli muammolar borligi ma’lum bo‘ldi.

Jamiyatning 410 nafar ishchi-xodimdan iborat 78 ta avariya brigadasi, 34 ta maxsus avtotransport vositasi yuzaga kelayotgan avariya holatlarini bartaraf etish uchun yetarli emas. 35 ta shtat birliklariga ehtiyoj mavjud.

So‘nggi uch yilda jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning 30 foizi ish haqining kamligi va ish hajmining kattaligi sababli tizimdan bo‘shagan. Shundan 228 nafari yoki 45 foizi aynan foydalanish xizmati mutaxassislarini tashkil etadi.

9 749 kilometrdan ortiq elektr tarmog‘ining 2 540 kilometr yoki 26 foizi ta’mirtalab ahvolda, mavjud 90 ta podstansiyaning 9 tasi modernizatsiya qilinishi, 2 tasining quvvati oshirilishi lozim.

Mavjud 11 ta maxsus laboratoriya avtomashinasining 6 tasi zamon talablariga javob bermaydi, shundan tungi vaqtda bor-yo‘g‘i ikkitasi navbatchi sifatida o‘z xizmatini o‘tamoqda. Bu bir vaqtning o‘zida bir nechta hududda o‘chishlar sodir bo‘lgan taqdirda qisqa muddatda avariyani aniqlash va to‘liq bartaraf etish imkonini bermayapti.

Avariyalarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish, uzluksiz ish tashkil qilish maqsadida 13 nafar injener-laborant, 13 ta haydovchi-laborant jami 26 ta qo‘shimcha shtat birliklari joriy etish, har biri o‘rta hisobda 1 milliard so‘mlik zamonaviy 10 ta maxsus laboratoriya avtomashinaga talab mavjudligi aniqlandi.


O‘zbekiston


														
														Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:27 / 04.08.2025

														
														“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025

														
														4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025

														
														Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025

														
														O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025

														
														O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025

														
														O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi
19:07 / 03.08.2025

														
														1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025

														
														Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025

Bu ham qiziq

Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:27 / 04.08.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradilar”, – deyiladi xabarda.
11:37 / 03.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Ma’lumotlarga ko‘ra “Mangal fest”da bir guruh fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
12:20 / 03.08.2025
4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025
1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi
19:07 / 03.08.2025
Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

U sud qaroridan norozi ekanligini va apellyatsiya berishini ma’lum qildi
18:02 / 02.08.2025
Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Hukumatning 2-avgustdan kuchga kirgan “Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarg…
14:30 / 03.08.2025
G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!