$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

DXX korrupsiyaga oid bir qator noqonuniy holatlarni aniqladi

20:47 / 29.07.2025

1. Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi sud tizimidagi tanishlari orqali joriy yilning yanvar oyida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumning ishini sudda qayta ko‘rib chiqish va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni tayinlash evaziga 30 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IJQK Departamenti xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh mutaxassis oldindan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur mutaxassis firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun muqaddam bir necha marotaba sudlangan.

2. Namangan viloyatida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, mol-mulklarni baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari soliq organlaridagi mansabdor tanishlari orqali tadbirkorga tegishli bo‘lgan MCHJning 783 mln so‘mlik soliq qarzdorligini 141 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga 4400 AQSH dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mansabdor tanishi hisoblangan Namangan viloyati soliq boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i ham 4400 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

3. Poytaxtda qayd etilgan holatda, Mirobod tuman hokimligi Ijtimoiy moslashtirish markazi rahbari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga fuqarolik pasportini rasmiylashtirish hamda doimiy ro‘yxatga qo‘ydirib berish evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

4. Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan qonunbuzilish holatida, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan, javobgar fuqaroning qariyb 70 mln so‘mlik qarzdorligini undirish uchun uning avtotransport vositasiga qo‘yilgan taqiqni yechib berish evaziga 1000 AQSH dollari talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, davlat ijrochisi talab qilingan pul mablag‘ini Qarshi tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari vositachiligida pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir. Huquq-tartibot idoralari tomonidan korrupsion holatlarga qarshi kurashish, oldini olish chora-tadbirlari davom ettiriladi.


O‘zbekiston


														
														Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:27 / 04.08.2025

														
														“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025

														
														4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025

														
														Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025

														
														O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025

														
														O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025

														
														O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi
19:07 / 03.08.2025

														
														1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025

														
														Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025

Bu ham qiziq

Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:31 / 02.08.2025
G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

Bu surat iyul boshida imzolangan avtomobilsozlikka oid qaror fonida tarqaldi
21:40 / 02.08.2025
Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025
4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025
Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Hujjat muhokama uchun taqdim etilgan va hali tasdiqlanmagan.
16:24 / 03.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Qulaylik maqsadida esa mazkur vokzalgacha jamoat transporti qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.
09:24 / 03.08.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025
Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Senatning navbatdagi majlisida qaror loyihasi ko‘rib chiqildi
18:12 / 02.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!