$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha videoselektor o‘tkazildi

19:09 / 30.07.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-iyul kuni meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini ko‘paytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi salohiyati yuqori. So‘nggi uch yilda 250 ming gektar paxta va g‘alla yeri qisqartirilib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun ajratildi. 160 ming gektar yangi bog‘ va tokzor barpo etildi, eskirgan 107 ming gektari yangilandi. 1 milliard dollarlik 1 ming 500 ta oziq-ovqat loyihasi ishga tushirildi.

Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar xalqaro miqyosda e’tirof etilayapti. Shu oyda O‘zbekiston BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAO Kengashi a’zoligiga saylandi. Bu – milliy va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish, yangi loyihalarga mablag‘ jalb qilish uchun katta imkoniyat.

Mahsulotlarimiz tabiiy va shirin bo‘lgani uchun chet ellarda juda qadrlanadi. Tashqi bozorlarda “O‘zbekistonda yetishtirilgan” degan brend shakllangan. Ayniqsa, quritilgan olxo‘ri va o‘rik, shaftoli, mayiz, gilos, dukkakli mahsulotlar eksporti bo‘yicha yurtimiz dunyoda yuqori o‘rinlarda turadi.

Bu yil 6 oyda oziq-ovqat eksporti 44 foiz o‘sib, 1 milliard 326 million dollar bo‘ldi. Eksport geografiyasi 16 ta davlatga ko‘paydi.

Shu bilan birga, dunyodagi vaziyat qaltis bo‘lib borayapti. Ob-havo injiqliklari ko‘payib, odatiy holga aylanayapti. Bunday sharoitda har bir eksport bozori, har bir dollar o‘ta muhim.

Lekin hamma joyda ham imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti. Masalan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston oziq-ovqat mahsulotlari eksportining sur’ati bo‘yicha boshqa hududlardan ortda qolgan. Navoiy viloyati esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlariga ham yetmagan. 21 ta tumanda eksport o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga ham yetmagan.

Yoki, bu yilgi meva-sabzavot eksportining 80 foizi 5 ta davlatga bo‘lgan. Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Yaponiya, Hindiston, Qatar kabi talab yuqori o‘lkalarga eksportimiz kam. Xorijdagi elchixona va konsulxonalarning bu boradagi o‘rni sezilmayotgani, savdo maslahatchilarining faoliyati sust ekani qayd etildi.

Yig‘ilishda shu kabi kamchiliklar tahlil qilinib, qishloq xo‘jaligida samaradorlik va eksportni oshirish chora-tadbirlari belgilandi. Bu iqtisodiy xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishi ekani ta’kidlandi. Shu bois ob-havo va sharoitga moslashib, issiq va sovuqqa, suvsizlikka chidamli mahsulotlar yetishtirishga o‘tish zarurligi aytildi.

Hududlar kesimidagi tahlillar asosida eksport bo‘yicha yangi zaxira va imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.

Soha mutasaddilari haligacha eskicha ishlayotgani oqibatida o‘tgan yili meva-sabzavot eksportining 75 foizi may-oktyabrga, ya’ni jahon bozori mahsulotga to‘yingan davrga to‘g‘ri kelgan. Qimmatroq sotish va bir maromda yetkazib berish uchun esa qayta ishlashni rivojlantirish kerak.

Masalan, ilg‘or tadbirkorlar olchani “shok” usulida muzlatib, qishda sotishni boshlagan. Yurtimizda yetishmagani uchun qo‘shni davlatlardan olib kelib, reeksport ham qilgan.

Shulardan kelib chiqib, dala chetida eksportbop mahsulotlar, xususan, olchani ko‘paytirish zarurligi aytildi.

Bu yil hududlarda 16 ta zamonaviy qadoq tayyorlash korxonasi ishga tushdi. Lekin bu hali yetarli emas. Eksportga ketayotgan meva-sabzavotning 18 foizi zamonaviy qadoqlanyapti, xolos. Shuning uchun yil yakunigacha yana 15 ta korxonani ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Eng katta eksport zaxiralarimizdan biri – dukkakli mahsulotlar. Har yili 450 million dollarlik loviya, mosh, tariq va no‘xat eksport qilinyapti. Lekin ishchi kuchi yetishmagani uchun hosilning 30 foizi to‘kilib, isrof bo‘layapti, katta miqdorda eksport imkoniyati boy berilyapti.

Rivojlangan mamlakatlarda fermerlar dukkakli ekinlarni maxsus kombayn bilan yig‘ishtiradi. Shu bois Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan bunday texnikalarga 15 foizgacha subsidiya beriladigan bo‘ldi. Kredit stavkasining 10 foizdan oshgan qismi ham qoplab beriladi.

Shuningdek, eksportchilar tashishga ortiqcha xarajat qilmasligi uchun bojxona rejimida qayta ishlangan mahsulotni istalgan postdan eksport qilish mumkin bo‘ladi.

Bugungi kunda yangi bog‘lar barpo qilish va eskilarini yangilash uchun 350 million dona serhosil va eksportbop meva ko‘chatlariga ehtiyoj bor. 16 ta tumanda tashkil etilgan “Agrostar” kompaniyalari shu maqsadga qaratilgan. Ular ishni, avvalo, shundan – urug‘, ko‘chat va o‘g‘itdan boshlashi kerakligi ta’kidlandi.

Shu bois “Agrostar” kompaniyalari uchun “in vitro” laboratoriyalari, mazkur tumanlarda saqlash, qadoqlash, saralash va qayta ishlashni o‘z ichiga olgan zamonaviy agromajmualar barpo etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Bugungi kunda yurtimizda 5 ming 100 gektar issiqxonalar bo‘lib, so‘nggi yetti yilda ularda yetishtiriladigan mahsulot hajmi 110 ming tonnadan 546 ming tonnaga ko‘paygan.

Lekin tadbirkorlar kredit yuki og‘irligi, o‘g‘it narxi qimmatligi, uzluksiz gaz ta’minoti yo‘qligi sababli qiyinchilikka uchramoqda. Xususan, 600 gektardan ortiq maydondagi issiqxona faoliyatini to‘xtatgan, 128 gektari qarzdorlik sababli bank tasarrufiga o‘tgan.

Shu bois issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi. Endilikda ichki bozor bilan birga eksportga ham mahsulot yetishtirish majburiyatini olgan, tabiiy gazda ishlaydigan issiqxonalarga qishki mavsumda gaz kafolatli hajmda beriladi. Ko‘mir yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga o‘tgan hamda eksport majburiyatini olgan issiqxonalarga ham tabiiy gazga qaytish imkoni beriladi.

Aylanma mablag‘ yetarli bo‘lishi uchun oldindan to‘lov oktyabr-mart oylariga 50 foiz qilib belgilanadi. Bunda issiqxonalar gaz korxonalari bilan 1-oktyabrgacha shartnoma imzolaydi.

Ko‘mir yoki boshqa muqobil isitish tizimiga o‘tgan issiqxonalarga ajratilgan kredit muddati uzaytiriladi. Issiqlik nasoslari texnologiyasi asosida issiqxona tashkil qilganlarga xarajatlarning 20 foizgacha qismi, bu ishlar kredit hisobidan bo‘lsa, kredit stavkasini 4 foizi qoplab beriladi.

Yana bir yangilik – bundan buyon issiqxonalar, toifasidan qat’i nazar, yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi yerlari stavkasida to‘laydi. 2028-yilga qadar issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi.

Soliq qo‘mitasiga issiqxonalardan qisqartirilgan gaz qaysi sohalarga yo‘naltirilgani va ularning samaradorligini tahlil qilish topshirildi. Agar u tarmoqda qo‘shilgan qiymat kam bo‘lsa, gaz issiqxonalarga yo‘naltiriladi.

Ekologik vaziyatni hisobga olgan holda, Toshkent viloyatidagi issiqxonalar faoliyatining havo sifatiga salbiy ta’siri bilan bog‘liq muammolarni uzil-kesil hal qilish vazifasi qo‘yildi.

Hozirgacha 224 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingani yaxshi samara berdi. Buning natijasida 420 million kubometr suv iqtisod qilinib, qo‘shimcha 65 ming gektarda meva-sabzavot yetishtirish imkoniyati yaratildi. Buning uchun o‘tgan yili 2,6 trillion so‘m, joriy yil esa 1,2 trillion so‘m sarflandi.

Endi yil yakunigacha yana 10 ming gektarda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yish, 200 ming gektarni lazerli tekislash rejalashtirilgan. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga buning uchun 500 milliard so‘m mablag‘ ajratish, kelasi yil dasturi uchun 2 trillion so‘m resurs shakllantirish topshirildi.

Ma’lumki, yaqinda dala chetiga ekin ekish, kooperatsiyalar bo‘yicha qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, Suv kodeksining qabul qilingani suv tanqisligi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Endi buni davom ettirib, qishloq xo‘jaligida daromadni oshirish, eksportni rag‘batlantirish, ilg‘or standartlarni joriy etish bo‘yicha ham qonunchilikni mustahkamlash maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.

Hukumatga eksportchi, issiqxonachi va meva-sabzavot yetishtiruvchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yib, davlat idoralariga bog‘liq barcha muammolarini aniqlab, joyida hal qilib borish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda tadbirkorlarning namunali tajribalari ko‘rib chiqildi, mutasaddilarning axboroti eshitildi.





O‘zbekiston


														
														Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:27 / 04.08.2025

														
														“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025

														
														4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025

														
														Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025

														
														O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025

														
														O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025

														
														O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi
19:07 / 03.08.2025

														
														1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025

														
														Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025

Bu ham qiziq

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Rossiya va Ozarbayjon bir-birini agressivlikda ayblamoqda
19:39 / 02.08.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025
Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Senatning navbatdagi majlisida qaror loyihasi ko‘rib chiqildi
18:12 / 02.08.2025
“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

Kelajakda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi
20:42 / 02.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Qulaylik maqsadida esa mazkur vokzalgacha jamoat transporti qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.
09:24 / 03.08.2025
O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025
Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025
Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik nafaqasi rekord darajadagi 47 milliard yevroga yetdi.
17:14 / 03.08.2025
O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlaridan qo‘shni Qirg‘iziston bo‘lib turibdi

O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlaridan qo‘shni Qirg‘iziston bo‘lib turibdi

Birgina gilam savdosi bo‘yicha 2025-yilda qariyb 4 mln² gilam qo‘shni davlatga eksport qilingan
19:50 / 02.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!