Jahon antidoping kodeksiga muvofiq, sportchi barcha musobaqalardan vaqtincha chetlashtirildi.
Xalqaro doping-test agentligi saytiga ko‘ra, boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Lazizbek Mullojonovning doping namunasida taqiqlangan modda aniqlangan.
O‘zbekistonlik sportchi tomonidan joriy yilning 11-iyun kuni musobaqa vaqtidan tashqari olingan namunada mushaklarning tez o‘sishi, kuch va chidamliligini oshirishga yordam beruvchi sintetik anabolik androgen steroid bo‘lgan metasteron aniqlangan.
Mullojonov tahlil natijalaridan xabardor qilingan va B namunasidagi testni talab qilish huquqiga ega. Agar B namunasi testi A namunasidagi test natijasini tasdiqlasa, ish antidoping qoidasini buzgan deb hisoblanadi.
Agar sportchi qayta test o‘tkazishni talab qilmasa ham, qoidabuzarlik tasdiqlangan hisoblanadi. Mullojonovga o‘z tushuntirishini taqdim etish imkoniyati beriladi.
“Sportchi vaqtinchalik diskvalifikatsiyaga e’tiroz bildirish va uni bekor qilishni talab qilish huquqiga ega”, — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida Lazizbek Mullojonov 92 kilogramm vazn toifasida chempion bo‘lgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!