Bugun, 31-iyul soat 12:58 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Navro‘z ko‘chasida joylashgan, ko‘p qavatli uyning chordoq qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 13:17 da yetib borib, yong‘in soat 13:38 da qurshab olingan va soat 13:59 da o‘chirilgan. Bu haqda Toshkent shahar FVB axborot xizmati xabar berdi.
“Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!