Avstriya federal jinoyat politsiyasi boshqarmasi xabariga ko‘ra, bankomatlarni o‘g‘irlashda gumon qilingan jinoiy guruhning 14 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Birgina yil boshidan buyon mamlakatda talon-toroj qilish maqsadida bankomatlar 26 marta portlatilgan.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilarning aksariyati asli marokashlik bo‘lgan Niderlandiya fuqarolari. Bu ish bo‘yicha jami 33 nafar shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avstriya va Niderlandiya politsiyasi har ikki davlatning 12 ta saytida tintuv o‘tkazdi. 16 ta skuter, 50 dan ortiq mobil telefon, 400-500 gramm portlovchi moddalar, giyohvand moddalar, 39 ming yevro naqd pul musodara qilingan.
So‘nggi yillarda Germaniya va Avstriyada portlashlar yordamida bankomatlarni o‘g‘irlash odatiy holga aylandi. Jinoyatchilar guruhi tunda bankomat oldiga kelib, odatda o‘g‘irlangan mashinada portlovchi moddalar o‘rnatadi va agar portlash natijasida pulga kirish mumkin bo‘lsa, uni olib, haydab ketadi.
Germaniyada 2022-yilda 442 ta, 2023-yilda esa 367 ta bankomat shu tarzda portlatilgan.
O‘tgan yili Germaniya Ichki ishlar vazirligi bankomatlarni o‘g‘irlashda portlovchi moddalarni qo‘llaganlik uchun jazoni kuchaytirish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!