Daily Sabah xabariga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti 31-iyul kuni Falastin hukumati va Falastin Ozodlik tashkilotining ayrim rasmiylariga viza cheklovini joriy etgan.
Sanksiyaga uchragan rasmiylarning ismlari ochiqlanmagan bo‘lsa-da, ular tinchlik muzokaralariga to‘sqinlik qilayotganlikda va terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblangan.
Falastin hukumati va Ozodlik tashkiloti falastinliklarning rasmiy vakillari bo‘lib, uzoq vaqtdan beri xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarni ushbu davlatni tan olishga undab keladi. Davlat departamenti bayonotida aytilishicha, bu choralar milliy xavfsizlik manfaatlari doirasida amalga oshirilmoqda.
“Falastin rasmiylari xalqaro sudlarga murojaat qilish orqali urushni xalqaro darajaga olib chiqib, terrorizmni davom ettirmoqda”, – deyiladi bayonotda.
Falastin tomoni ushbu viza cheklovini keskin tanqid qilgan. Xususan, Ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi a’zosi Vassel Abu Yusuf AQShni Isroil uyushtirayotgan genotsidga hamkorlik qilishda ayblamoqda. Unga ko‘ra, sanksiyalar Isroil bosqinini va Falastin xalqiga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Mazkur qaror Kanada, Fransiya va Britaniyaning Falastin davlatini tan olish bo‘yicha bayonotlaridan so‘ng e’lon qilingan. Xalqaro hamjamiyat G‘azoda ocharchilik va gumanitar inqiroz kuchaygani fonida AQShning bu qarorini turlicha qabul qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!