Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa yuz bergan kunda bola buvisi va buvasining nazoratida bo‘lgan.
Ular nabirasi uxlayapti deb o‘ylab, oziq-ovqat xarid qilish chiqib ketishgan va xonadon eshigini qulflab qo‘yishgan.
Uyg‘ongan bola vannaxonaga kirib, hojatxonaga chiqib olgan hamda derazadan yiqilib tushgan.
“Agar daraxtlar bo‘lmaganida, u beton ustiga tushib halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi”– deydi bolaning otasi.
Bolani yerda qo‘shnilar topib olgan va darhol tez yordamni chaqirishgan. Hodisa jiddiyligiga qaramay, bolakay hushini yo‘qotmagan. Uning qo‘li singan, umurtqa pog‘onasi biroz cho‘zilgan va ichki a’zolari shikastlanganligi ma’lum bo‘ldi.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, miyasiga zarar yetmagan va ahvoli qoniqarli darajada baholanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!