2025-yil 29-iyul kuni Toshkent–Dehli yo‘nalishidagi reys davomida bir yo‘lovchining ahvoli yomonlashganida, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Xalqaro fakultetida tahsil olayotgan hindistonlik talaba Moham Mohdamas unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi va uning hayotini saqlab qolishga yordam berdi.
“Samolyot parvozi vaqtida bort komandiri ekipajda shifokor bo‘lsa, xabar bering degan e’lon berdi. Men o‘zimni tanishtirib, yordam bera olishimni aytdim.
Bemor 48 yoshli ayol bo‘lib, juda xavotirlangan, yuragi tez-tez urayotgandi. Tekshiruvdan so‘ng unda taxikardiya xuruji borligini aniqladim va darhol karotid massajini boshladim.
10–15 soniya ichida bemorning ahvoli yaxshilana boshladi. Samolyot Dehliga qo‘nganidan so‘ng, bemorni tibbiyot xodimlariga topshirdik” – deya hikoya qildi Moham Mohdamas.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!