Samarqand viloyati hokimligining ma’lum qilishicha, Samarqand shahrining Cho‘pon-ota hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan yangi Samarqand avtovokzali foydalanishga topshirilgan.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 12 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilgan. Yangi avtovokzal zamonaviy arxitektura, energiya tejamkor yechimlar va xavfsizlik standartlari asosida qurilganligi ma’lum qilindi.
Xabarga ko‘ra, avtovokzal nafaqat transport markazi, balki keng ko‘lamli xizmat ko‘rsatish va savdo hududi sifatida ham faoliyat yuritadi. Bu yerda 120 ta savdo do‘koni, 3 ta zamonaviy restoran, 14 ta servis shohobchasi, 1 ta avtosalon, 2 ta mehmonxona joylashgan.
Yangi avtovokzalning ishga tushirilishi natijasida 300 nafar aholi uchun doimiy ish o‘rni yaratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!