ABC xabariga ko‘ra, Kaliforniyada 1000 dan ortiq qutqaruvchi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inini o‘chirishga jalb qilingan.
Yong‘in maydoni deyarli 30 ming gektarni tashkil etadi. Santa-Barbara va San-Luis-Obispo okruglaridagi Los-Padres milliy bog‘i hududida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda.
Mahalliy hukumat 3 nafar qurbon haqida ma’lum qildi, ayni damda aholi jabrlangan hududlardan evakuatsiya qilinmoqda. 460 ta turar-joy binosi va boshqa inshootlar xavf ostida ekanligi ma’lum qilindi.
Katta o‘rmon yong‘inlari 1-avgust kuni boshlangan va tez tarqalishda davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!