Joriy yilning 6-avgust kuni soat taxminan 08:00 larda Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan o‘tgan M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 28-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Kia Sonet va Cobalt rusumdagi yengil avtomobillarning to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida Cobalt avtoulovida bo‘lgan 1990-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!