$
12593.77 UZS
90.78
158.49 UZS
2.55
14698.19 UZS
213.48
38° Kechasi 25°

Raqobat qo‘mitasining ko‘rsatmasidan so‘ng “Beeline” kunlik to‘lov yechilishiga o‘zgartirishlar kiritdi

18:29 / 08.08.2025

Raqobat qo‘mitasi tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishda iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, shartnoma hamda tarif rejalariga kamsituvchi shartlarni kiritmaslik, shuningdek, abonentlarning xabardorligini oshirishga qaratilgan tizimli tahlil va nazorat ishlari olib borilmoqda.

“Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ga muvofiq, mobil xizmatlar tarifikatsiyasi abonent holatini yomonlashtirmasligi va iste’molchi manfaatlariga zid bo‘lmasligi lozim.

Qo‘mitaga kelib tushgan ko‘plab murojaatlar asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “UNITEL” MCHJ (Beeline) tomonidan taqdim etilayotgan aksariyat tarif rejalarida kunlik tarif joriy qilinganligi(oylik abonent to‘lovini yechish uchun hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, avtomatik ravishda kunlik to‘lov yechish tizimiga ulanishi) va ushbu xizmatni mustaqil ravishda o‘chirish yoki faollashtirish imkoniyati mavjud emasligi aniqlandi. Bu esa, iste’molchilarning xabardorligisiz moddiy yo‘qotishlarga hamda e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi.

Qo‘mita ko‘rsatmasiga asosan, kompaniya tomonidan “kunlik abonent to‘lovi rejimiga o‘tish” xizmatini boshqarish imkoniyati joriy etilib, bu haqda rasmiy saytda e’lon qilindi hamda ushbu xizmat mavjud tarif rejalariga ulangan abonentlarga SMS xabarnoma yuborilib, xizmatni boshqarish usullari tushuntirildi.

Endilikda, abonentlar kunlik abonent to‘lovi yechish xizmatini:

USSD kod orqali;

Hambi mobil ilovasi;

Kompaniyaning aloqa markazi;

Savdo ofislari orqali o‘chirishi yoki faollashtirishi mumkin.

Raqobat qo‘mitasi “UNITEL” MCHJ (Beeline) tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan berilgan ko‘rsatmani bajarilganini hamda o‘z abonentlari uchun xizmatlardan qulay va moslashuvchan tarzda foydalanish imkoniyatlarini yaratayotganini e’tirof etgan holda, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish shartlari bilan batafsil tanishib chiqish hamda o‘z huquq va majburiyatlariga rioya etishni tavsiya etadi.

Qo‘mita telekommunikatsiya sohasida iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha nazorat va amaliy chora-tadbirlarni doimiy ravishda davom ettiradi.


O‘zbekiston


														
														Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Shu haqidagi xabarlarga bank matbuot xizmati izoh berdi.
12:39 / 10.08.2025

														
														O‘zbekistonda 2026-yil ilk kichik quvvatli AES qurilishi boshlanadi

O‘zbekistonda 2026-yil ilk kichik quvvatli AES qurilishi boshlanadi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatovning ta’kidlashicha, endilikda har qanday qurilishdan avval el…
09:31 / 10.08.2025

														
														Surxondaryoda erkak tanish ayolning shaxsiy videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qildi

Surxondaryoda erkak tanish ayolning shaxsiy videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qildi

Erkak pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
23:06 / 09.08.2025

														
														Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 11–14-avgust kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
22:40 / 09.08.2025

														
														Farg‘onada o‘qituvchi o‘zini osdimi?

Farg‘onada o‘qituvchi o‘zini osdimi?

Viloyat maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
21:01 / 09.08.2025

														
														Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi

Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishgan.
19:48 / 09.08.2025

														
														10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm …
17:45 / 09.08.2025

														
														Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restorandan 94 mln so‘m undirildi

Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restorandan 94 mln so‘m undirildi

Sud qarori bilan F.T. korxonasidan 75 mln so‘m tovon puli undirilishi belgilangan. Davlat bojlari va boshqa xarajatlar bilan…
17:19 / 09.08.2025

														
														Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda …
15:28 / 09.08.2025

														
														O‘zbekiston aholisiga tegishli avtomobillar soni qancha?

O‘zbekiston aholisiga tegishli avtomobillar soni qancha?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 …
14:21 / 09.08.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar XTT a’zolarini qo‘lga oldi

O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar XTT a’zolarini qo‘lga oldi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkaz…
10:06 / 09.08.2025
Afrikaning 23 davlatida vabo tarqaldi

Afrikaning 23 davlatida vabo tarqaldi

Kasallik ko‘pincha kambag‘al odamlarga va toza ichimlik suviga ega bo‘lmagan ijtimoiy zaif qatlam vakillariga ta’sir qilishi…
15:18 / 09.08.2025
Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 11–14-avgust kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
22:40 / 09.08.2025
AQSh Nikolas Maduro uchun 50 million dollar mukofot puli e’lon qildi

AQSh Nikolas Maduro uchun 50 million dollar mukofot puli e’lon qildi

Qo‘shma Shtatlar Venesuela prezidentini mamlakat uchun katta tahdid deya baholagan
22:09 / 08.08.2025
Trendlar tufayli yo‘qotilayotgan o‘zlik

Trendlar tufayli yo‘qotilayotgan o‘zlik

Trend ortidan quvish, go‘yoki boshqalardan orqada qolmaslikka urinish insonni o‘zidan uzoqlashtiradi. U Instagram’dagi “idea…
12:17 / 10.08.2025
Keniyada avtobus halokati oqibatda 21 kishi vafot etdi

Keniyada avtobus halokati oqibatda 21 kishi vafot etdi

Hodisa yo‘lning aylanma qismiga yuqori tezlikda yaqinlashganda ro‘y bergan.
18:38 / 09.08.2025
Andijonda MChJ 4,6 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘mardi

Andijonda MChJ 4,6 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘mardi

Unga ko‘ra, ushbu MChJga qarashli 2 ta tekstil mahsulotlarga aksessuarlar ishlab chiqarish va matolarga gul bosish sexi elek…
11:20 / 09.08.2025
Surxondaryoda erkak tanish ayolning shaxsiy videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qildi

Surxondaryoda erkak tanish ayolning shaxsiy videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qildi

Erkak pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
23:06 / 09.08.2025
Rossiyada soda zavodi portladi

Rossiyada soda zavodi portladi

Hozirda voqea joyida tezkor xizmatlar va prokuratura ish olib borayotgani bildirilgan.
16:28 / 09.08.2025
Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restorandan 94 mln so‘m undirildi

Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restorandan 94 mln so‘m undirildi

Sud qarori bilan F.T. korxonasidan 75 mln so‘m tovon puli undirilishi belgilangan. Davlat bojlari va boshqa xarajatlar bilan…
17:19 / 09.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!