Urganch shahridagi AYQShda sodir bo‘lgan yong‘in haqida FVV rasmiy axborot taqdim etdi.
“Bugun, 8-avgust soat 19:47 da Xorazm viloyati, Urganch shahar, Jannatmakon ko‘chasida joylashgan avtomobillarga mobil yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida yoqilg‘i tashuvchi avtosisternadan yoqilg‘i saqlash rezervuariga benzin yoqilg‘isini to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 19:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:56 da qurshab olingan va soat 20:06 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida mobilsisternada 3 tonna benzin yoqilg‘isi yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda” – deyiladi FVV bergan rasmiy xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!