Euronews’ga ko‘ra, Keniyaning janubi-g‘arbida juma kuni kechqurun yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. YTH oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 21 nafarni tashkil etgan. Halokat avtobus motam marosimidan qaytayotgan yo‘lovchilarni olib ketayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Hodisa yo‘lning aylanma qismiga yuqori tezlikda yaqinlashganda ro‘y bergan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, transport vositasi ariqqa tushib ketgan va ag‘darilgan.
Keniyada va butun Sharqiy Afrikada yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘ladi. Yo‘llar ko‘p hollarda tor va qiyin holda, asfaltda chuqurlar ko‘p. Politsiya ayni paytda haydovchilarni tezlikni oshirishda ayblaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!