Bank xodimi fuqarolarning mablag‘larini rasmiy omonat shartnomasi tuzmasdan o‘z ehtiyojlari uchun ishlatgani aniqlangan.
Xalq banki matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “bank filialida 2 million dollarga yaqin omonat pullari talon-toroj qilindi” mazmundagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Bank tomonidan o‘rganishlar natijasida ta’kidlanishicha, mazkur pul miqdori va ularning bank omonati ekanligi haqidagi ma’lumotlar to‘liq yoki qisman haqiqatga mos kelmaydi.
Qashqadaryo viloyati mintaqaviy markazining bir xodimi fuqarolarning ishonchidan foydalanib, aldov yo‘li bilan ularning mablag‘larini olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagani aniqlangan. Shu bilan birga, mazkur pullar fuqarolar tomonidan bank xizmatlari markazlarida rasmiy omonat hisobvarag‘iga yoki omonat shartnomasi asosida topshirilmagan.
Bankning ichki nazorat organlari holatni aniqlab, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Hozirda tergovgacha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ushbu xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!