$
12509.83 UZS
-79.52
156.55 UZS
-1.09
14520.16 UZS
-136.36
35° Kechasi 21°

DXX bir qator korrupsion holatlarga chek qo‘ydi

20:50 / 11.08.2025

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimi o‘zining mansabdor tanishlari orqali Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishining gumonlanuvchiga nisbatan bo‘lgan qismini harakatdan tugatishda yordam berishi evaziga 13 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar va prokuratura organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xodim 13 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi qo‘riqlash boshqarmasi Angren shahar bo‘limi safdor xodimi bo‘linma komandiri o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda mansabdor tanishlari orqali Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroni qo‘riqlash boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 AQSH dollari talab qiladi.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda prokuratura organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda safdor xodim oldindan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida IIV Migratsiya va personallashtirish Departamenti “Toshkent” xalqaro aeroportida pasport-viza bo‘limi katta inspektori mansab vakolatidan foydalangan holda voyaga yetmagan shaxsning xorijga chiqish biometrik pasportiga uni xorijga olib chiqib ketayotgan fuqaroga hamrohlik qiluvchi shtamp belgisini tezlashtirilgan tartibda rasmiylashtirib berish evaziga 400 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, katta inspektor 2025-yilning boshidan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan 42 nafar chet el fuqarolarining har biridan 300-700 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib, ularga chiqish vizasini hamda 8 nafar O‘zbekiston fuqarolariga hamrohlik qiluvchi shtamp belgisini tezlashtirilgan tartibda rasmiylashtirib berish evaziga 200-400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida olganlik holatlari ham aniqlandi.

Hozirda ushbu qonun himoyachilariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qismi qancha?

O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qismi qancha?

Qariyb 38 million aholidan bor yo‘g‘i yarmidan sal ko‘prog‘i mehnatga yaroqli ekanligi ma’lum bo‘ldi
22:48 / 13.08.2025

														
														14-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
21:28 / 13.08.2025

														
														O‘zbekistonda ilk bor unikal yurak jarrohligi amalga oshirildi

O‘zbekistonda ilk bor unikal yurak jarrohligi amalga oshirildi

Yurtimiz tarixida ilk bor yangi turdagi operatsiya o‘tkazildi
21:21 / 13.08.2025

														
														Soliq qo‘mitasi: “Texnik xatolik sababli yechib olingan mablag‘lar soliq to‘lovchilarga qaytarilmoqda”

Soliq qo‘mitasi: “Texnik xatolik sababli yechib olingan mablag‘lar soliq to‘lovchilarga qaytarilmoqda”

Bugun soat 18:00 holatiga 20 608 ta subyektga 274,7 mlrd so‘m qaytarilishi ta’minlandi
19:38 / 13.08.2025

														
														Prezident sun’iy intellektni qo‘llash orqali daromadni 20-30 foizga oshirish hamda yashirin iqtisodiyot omilini kamaytirish mumkinligi qayd etdi

Prezident sun’iy intellektni qo‘llash orqali daromadni 20-30 foizga oshirish hamda yashirin iqtisodiyot omilini kamaytirish mumkinligi qayd etdi

Bosh vazirga belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi
19:32 / 13.08.2025

														
														Andijonlik kelinning 44 turdagi buyumlari o‘ziga olib berildi

Andijonlik kelinning 44 turdagi buyumlari o‘ziga olib berildi

MIB yordami bilan undiruvchiga barcha mol-mulki olib berilgan
18:18 / 13.08.2025

														
														O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurmoqda?

O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yicha 95…
17:47 / 13.08.2025

														
														Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralarni ishga solish masalalari …
15:28 / 13.08.2025

														
														2028-yil 1-yanvargacha aralash mato va gazlama bojxona bojidan ozod etiladi

2028-yil 1-yanvargacha aralash mato va gazlama bojxona bojidan ozod etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralarni ishga solish masalalari yuzasidan …
15:11 / 13.08.2025

														
														YaTTlarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

YaTTlarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

“Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to…
13:08 / 13.08.2025

Bu ham qiziq

Latviyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Latviyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Latviyada og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida oilasi bag‘riga qaytarildi”…
22:59 / 12.08.2025
Oq uyda UFC turniri o‘tkaziladi

Oq uyda UFC turniri o‘tkaziladi

Buni promoushen prezidenti Dana Uayt rasman tasdiqladi.
11:00 / 13.08.2025
Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqsa, yalpi ichki mahsulotining katta qismi inqirozga uchraydi

Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqsa, yalpi ichki mahsulotining katta qismi inqirozga uchraydi

Tadqiqotlarga ko‘ra, Kavkaz davlatining iqtisodi bu tashkilotga salkam qaramlik holatiga kelib qolgan
20:33 / 13.08.2025
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi hibsga olindi

Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi hibsga olindi

Maxsus prokurorning tergovi sobiq prezident Yun Sok Yolning turmush o‘rtog‘iga qarshi jami 16 ta jinoiy ayblovga qaratilgan.
10:57 / 13.08.2025
Soliq qo‘mitasi: “Texnik xatolik sababli yechib olingan mablag‘lar soliq to‘lovchilarga qaytarilmoqda”

Soliq qo‘mitasi: “Texnik xatolik sababli yechib olingan mablag‘lar soliq to‘lovchilarga qaytarilmoqda”

Bugun soat 18:00 holatiga 20 608 ta subyektga 274,7 mlrd so‘m qaytarilishi ta’minlandi
19:38 / 13.08.2025
Yoaxim Lyov O‘zbekiston MTJ taklifini rad etdi

Yoaxim Lyov O‘zbekiston MTJ taklifini rad etdi

Germaniyalik mutaxassis Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarmaydi. Bild nashrining xabariga ko‘ra, tajribali muta…
16:59 / 13.08.2025
Surxondaryoda “zapravka” portladi

Surxondaryoda “zapravka” portladi

Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:07 da hodisa joyiga yetib borib, soat 13:08 da yong‘in qurshab olingan…
14:33 / 13.08.2025
Rossiyada migrantlarning farzandlariga maktablarni pullik qilish taklif qilindi

Rossiyada migrantlarning farzandlariga maktablarni pullik qilish taklif qilindi

Kelgusida bu mablag‘lar o‘qituvchilarga qo‘shimcha to‘lov va “xorijda rus tilini o‘rganishga qiziqishni oshirish” uchun yo‘n…
18:46 / 12.08.2025
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralarni ishga solish masalalari …
15:28 / 13.08.2025
O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qismi qancha?

O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qismi qancha?

Qariyb 38 million aholidan bor yo‘g‘i yarmidan sal ko‘prog‘i mehnatga yaroqli ekanligi ma’lum bo‘ldi
22:48 / 13.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!