$
12509.83 UZS
-79.52
156.55 UZS
-1.09
14520.16 UZS
-136.36
35° Kechasi 21°

“Paxtakor-79” aviahalokatiga 46 yil to‘ldi

21:25 / 11.08.2025

Bugun 11-avgust haftaning boshlanishi va navbatdagi oddiy kunlardan biri. Ammo bu kun o‘zbek futboli uchun tarixdagi o‘chmas dog‘lardan biri sifatida saqlanib qolgan. Sezib turganingizdek, bu maqola nafaqat har yili ayni bir kunda, balki har qaysi paytda qayg‘u va entikish bilan yodga oladiganimiz “Paxtakor-79” haqida.

Bundan roppa-rosa 46 yil avval butun o‘zbek xalqini yuragini larzaga solgan voqea yuz beradi. Dneproderjinsk osmonida “Paxtakor” futbolchilari ham bo‘lgan TU-134 avialayneri xuddi shu rusumdagi boshqa bir samolyot bilan to‘qnashib ketadi. Natijada ikki havo laynerida bo‘lgan jami 178 kishi halok bo‘ladi.

Bu voqeaga hali-hanuz  ko‘pchilik qandaydir tashqi omillarni sabab sifatida hisoblasa-da, halokat haqidagi voqelar ketma-ketligi barcha uchun tushunarli tarzda quyidagicha bayon qilinsa maqsadga muvofiq:

Toshkent-Minsk yo‘nalishida parvoz qilayotgan TU-134 samolyotida 6 nafar ekipaj a’zosi bor bo‘lgan. Bosh uchuvchi hisoblangan Sergeyev o‘z o‘rniga yosh va hali ancha tajribasiz hisoblangan N. Jukovskiyni tayinlaydi. O‘sha kun xotirlanishicha, ob-havo ham uncha yaxshi bo‘lmagan. Havo ancha bulutli va ko‘rish masofasi juda qisqa edi. Moskvadan soat 13:11 larda havoga ko‘tarilgan TU-134 layneri 13:35 da aynan shunday rusumli samolyot bilan to‘qnashib ketadi.

Har ikki samolyot uchuvchilari qalin bulut tufayli qarshisidagi samolyotni ko‘rish imkoniyatiga ega emasdi. 8300 metr balandlikda Moldova samolyoti Minskka qarashli samolyotning qanot qismiga kelib urilgan. Komarov “Paxtakor” uchayotgan layner boshqaruvini 4500 metr balandlikkacha germetizatsiya buzilgan holatda ham ushlab turgan, biroq shundan keyin samolyot keskin ravishda qulashni boshlagan.

Halokat haqida ilk bor o‘sha payt havodagi  AN-2 samolyoti ekipaji xabar beradi: “Kurilovka hududida qulayotgan samolyot qismlari ko‘zga tashlanmoqda. Menimcha, bu TU-134 parchalari”

Ushbu halokatdan juda ko‘pchilik o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. Chunki o‘sha mavsumda “Paxtakor” ishonchli o‘yin ko‘rsatib, yuqori o‘rinlardan joy egallashga haqli ekanligini isbotlab kelayotgandi. Hatto, ba’zi mutaxassislar jamoaning yaqin yillar ichida yevrokuboklarda o‘ynashi mumkinligi to‘g‘risida taxmin qilayotgandi.

Bu voqea haqida juda ko‘p va ho‘p gapirish mumkin. Ammo hech bir tasalli, hech bir yupanch dardlarga tasalli bo‘la olmaydi. Lekin, osmonda qolgan abadiy yulduzlar qalblarda mangu yashaydi.

Shu o‘rinda o‘sha fojia sabab halok bo‘lgan “Paxtakor”ning 17 nafar a’zosini nomlarini keltirsak:

Idgay Tazetdinov  13.01.1933 Murabbiy

Vladimir Chumakov  08.12.1932 Shifokor

Mansur Tolibjonov 04.04.1944 Ma’mur

Mixail An 19.11.1952 Yarim himoyachi

Vladimir Fyodorov  05.01.1956 Hujumchi

Olim Ashirov   25.01.1955 Himoyachi

Ravil Agishev   14.03.1959 Himoyachi

Konstantin Bakanov 25.05.1954 Yarim himoyachi

Yuriy Zagumennix  07.06.1947 Himoyachi

Aleksandr Korchyonov  04.05.1949 Yarim himoyachi

Nikolay Kulikov  25.04.1953 Himoyachi

Vladimir Makarov  09.03.1947 Yarim himoyachi

Sergey Pokatilov 20.12.1950 Darvozabon

Viktor Churkin   25.01.1952 Hujumchi

Sirojiddin Bozorov  10.08.1961 Hujumchi

Shuhrat Eshbo‘tayev  08.02.1959 Hujumchi

                                                                                       Maqola muallifi: Humoyunmirzo Ergashev


Futbol


														
														UEFA klublarning yangilangan reytingini e’lon qildi

UEFA klublarning yangilangan reytingini e’lon qildi

Yangi reytingda top-10 talikda kutilmagan jamoalar bor
22:19 / 13.08.2025

														
														Yoaxim Lyov O‘zbekiston MTJ taklifini rad etdi

Yoaxim Lyov O‘zbekiston MTJ taklifini rad etdi

Germaniyalik mutaxassis Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarmaydi. Bild nashrining xabariga ko‘ra, tajribali muta…
16:59 / 13.08.2025

														
														“Paxtakor-79” aviahalokatiga 46 yil to‘ldi

“Paxtakor-79” aviahalokatiga 46 yil to‘ldi

Osmonda qolgan abadiy yulduzlar qalblarda mangu va barhayot
21:25 / 11.08.2025

														
														Luish Figu va Ronaldinyo O‘zbekistonga keladi

Luish Figu va Ronaldinyo O‘zbekistonga keladi

Har ikkala afsona futzal bahsini ko‘rgani Toshkentga kelishi mumkin
18:40 / 10.08.2025

														
														Rasman! “Oltin to‘p” uchun 30 talik kengaytirilgan ro‘yxat e’lon qilindi

Rasman! “Oltin to‘p” uchun 30 talik kengaytirilgan ro‘yxat e’lon qilindi

Nomzodlar qatorida PSJning 8 nafar futbolchisi ham bor
19:07 / 07.08.2025

														
														“Real Madrid” hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

“Real Madrid” hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Bunday qaror bosh murabbiy Xabi Alonsodan chiqqan deb hisoblanmoqda
16:38 / 02.08.2025

														
														Abbosbek Fayzullayev rasman “Istanbul Bashakshehir” futbolchisiga aylandi

Abbosbek Fayzullayev rasman “Istanbul Bashakshehir” futbolchisiga aylandi

Hamyurtimiz yangi jamoasida 11-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi
20:45 / 30.07.2025

														
														O‘zbekiston MTJ Toshkentda Jahon chempionlariga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston MTJ Toshkentda Jahon chempionlariga qarshi o‘ynaydi

Bu haqda Championat.asia nashri xabar berdi.
15:49 / 29.07.2025

														
														“Real Madrid” 3 ta futbolchisini sotishga qaror qildi

“Real Madrid” 3 ta futbolchisini sotishga qaror qildi

AS nashrining xabariga ko‘ra, ushbu transferlar oynasida Ispaniya grandi hujumchi Rodrigo Goes, himoyachilar Ferlan Mendi va…
16:32 / 27.07.2025

														
														“Chelsi” PSJni tor-mor etib, KJCh chempioniga aylandi

“Chelsi” PSJni tor-mor etib, KJCh chempioniga aylandi

Shu tariqa, “Chelsi” yangi formatdagi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ilk chempioniga aylandi.
10:09 / 14.07.2025

Bu ham qiziq

Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badal to‘lash tartibi belgilandi

Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badal to‘lash tartibi belgilandi

“Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida da…
21:19 / 12.08.2025
Oq uyda UFC turniri o‘tkaziladi

Oq uyda UFC turniri o‘tkaziladi

Buni promoushen prezidenti Dana Uayt rasman tasdiqladi.
11:00 / 13.08.2025
O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qismi qancha?

O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qismi qancha?

Qariyb 38 million aholidan bor yo‘g‘i yarmidan sal ko‘prog‘i mehnatga yaroqli ekanligi ma’lum bo‘ldi
22:48 / 13.08.2025
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari ma’lum qilindi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari ma’lum qilindi

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
09:52 / 13.08.2025
13-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sh…
18:01 / 12.08.2025
Xalq banki xodimi bank hisobidagi 9,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirib oldi

Xalq banki xodimi bank hisobidagi 9,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirib oldi

Xalq banki matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Namangan viloyati Xalq banki Yangiqo‘rg‘on tumani bank xizmatl…
20:29 / 12.08.2025
Rossiyada migrantlarning farzandlariga maktablarni pullik qilish taklif qilindi

Rossiyada migrantlarning farzandlariga maktablarni pullik qilish taklif qilindi

Kelgusida bu mablag‘lar o‘qituvchilarga qo‘shimcha to‘lov va “xorijda rus tilini o‘rganishga qiziqishni oshirish” uchun yo‘n…
18:46 / 12.08.2025
Kusherbayev aliment ishi sudda ko‘riladigan bo‘ldi

Kusherbayev aliment ishi sudda ko‘riladigan bo‘ldi

Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 15-avgustda bo‘lib o‘tadigan sud tomonlarning roziligiga ko‘ra, ochiq yoki y…
16:09 / 12.08.2025
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralarni ishga solish masalalari …
15:28 / 13.08.2025
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi hibsga olindi

Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi hibsga olindi

Maxsus prokurorning tergovi sobiq prezident Yun Sok Yolning turmush o‘rtog‘iga qarshi jami 16 ta jinoiy ayblovga qaratilgan.
10:57 / 13.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!