$
12581.97 UZS
84.22
157.75 UZS
0.96
14698.26 UZS
39.65
30° Kechasi 19°

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘zbekistonliklarni xorijda diniy ta’lim olish bo‘yicha ogohlantirdi

15:17 / 14.08.2025

So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni diniy ta’lim olish uchun chet elga chaqirish holatlari kuzatilmoqda. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘zbekistonliklarni mazkur holat bilan bog‘liq reklamalardan ogohlantirdi.

Xabarga ko‘ra, hozirda Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Rossiya Federatsiyasi kabi mamlakatlardagi diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga borishga da’vat etuvchi chaqiriqlar va reklama e’lonlari keng tarqatilayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu e’lonlarda ta’lim maskanlari go‘yoki “qonuniy” yoki “rasmiy” sifatida ko‘rsatilsa-da, amalda ular O‘zbekiston Respublikasining tegishli idoralari tomonidan tan olinmagan hamda o‘sha mamlakatlardagi noqonuniy yoki ruxsatsiz faoliyat yurituvchi o‘quv markazlari hisoblanadi. Bu o‘rinda “rasmiy diniy ta’lim” iborasidan, asosan, ko‘proq talabgorlarni jalb etish maqsadida foydalanilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, bunday chaqiriqlar ko‘pincha diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalarini singdirish, yoshlarni noto‘g‘ri yo‘lga boshlash va ularning dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatish xavfini o‘zida mujassam etadi. Shu sababli, ota-onalar farzandlarining kimlar bilan muloqot qilayotganiga, internetda qanday ma’lumotlarni o‘qiyotganiga va qanday takliflarga javob berayotganiga e’tiborli bo‘lishlari shart.

“Shundan kelib chiqib, fuqarolarga rasmiy diniy ta’lim faqatgina O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimdagi ta’lim muassasalarida berilishi, turli shaxslarning targ‘ibotiga uchmaslikni eslatgan holda, diniy bilimlarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini ushbu ta’lim muassasalari imkoniyatlari orqali qondirishni tavsiya etib qolamiz”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joiz, xorijiy diniy ta’lim muassasalari diplomlari O‘zbekiston hududida diniy sohada faoliyat yuritish uchun asos bo‘lmasligi, ta’limdan so‘ng ishga joylashishda noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.

O‘zbekiston

														Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbir…
15:10 / 17.08.2025

														O‘zbekistonda 6 xil tovar uchun ekologik yig‘im joriy etilishi mumkin

2035-yilga qadar elektron chiqindilar hajmi yana 10 ming tonnaga ortishi kutilmoqda.
12:59 / 17.08.2025

														Starlink O‘zbekistonda ham ishga tushishi kutilmoqda

Starlink’ning O‘zbekiston bozoriga chiqishi dastlab 2023-yilga mo‘ljallangan edi. Keyinchalik servis saytida muddat 2025-yil…
11:37 / 17.08.2025

														Sankt-Peterburgdan 100 dan ortiq o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“Vatanga qaytarish” loyihasi davom etmoqda.
09:11 / 17.08.2025

														Toshkent shahar IIBB talabalarni ogohlantirdi

“Ishonch hosil qilmaguncha shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalar bilan bo‘lishmang” – deyiladi axborotda.
22:31 / 16.08.2025

														17-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 19-21 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:08 / 16.08.2025

														Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini savdoga chiqarilishining oldi olindi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
22:01 / 16.08.2025

														Qo‘qonda qimor o‘yini fosh etildi

Qo‘qonda qimor o‘yini fosh etildi

Holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda
21:16 / 16.08.2025

														Bir guruh vaynerlar bukmekerlik kompaniyalarini reklama qilgani uchun javobgarlikka tortildi

Raqobat qo‘mitasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi
19:44 / 16.08.2025

														Qozog‘istonda qiyin ahvolda qolgan uch nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

“O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari sa’y-harakatlari bilan Qozog‘iston hududida mushkul ahvolda qolgan yurtdoshlarim…
17:27 / 16.08.2025

Bu ham qiziq

Indoneziyada 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Xabar berilishicha, Markaziy Sulavesi provinsiyasining Poso tumanida yuz bergan yer silkinishi oqibatida kamida 29 kishi jar…
14:36 / 17.08.2025
Toshkent shahar IIBB talabalarni ogohlantirdi

Toshkent shahar IIBB talabalarni ogohlantirdi

“Ishonch hosil qilmaguncha shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalar bilan bo‘lishmang” – deyiladi axborotda.
22:31 / 16.08.2025
O‘zbekistonda 6 xil tovar uchun ekologik yig‘im joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda 6 xil tovar uchun ekologik yig‘im joriy etilishi mumkin

2035-yilga qadar elektron chiqindilar hajmi yana 10 ming tonnaga ortishi kutilmoqda.
12:59 / 17.08.2025
Qozog‘istonda odam savdosi qurboni bo‘lgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

O‘zbekistonda “Vatanga qaytarish” insonparvarlik tadbirlari davom etmoqda.
10:01 / 16.08.2025
Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbir…
15:10 / 17.08.2025
Qozog‘istonda qiyin ahvolda qolgan uch nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Qozog‘istonda qiyin ahvolda qolgan uch nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

“O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari sa’y-harakatlari bilan Qozog‘iston hududida mushkul ahvolda qolgan yurtdoshlarim…
17:27 / 16.08.2025
Hindiston va Pokistonda suv toshqinidan 300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni qidirishda davom etmoqda.
16:11 / 16.08.2025
17-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 19-21 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:08 / 16.08.2025
Sankt-Peterburgdan 100 dan ortiq o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Sankt-Peterburgdan 100 dan ortiq o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“Vatanga qaytarish” loyihasi davom etmoqda.
09:11 / 17.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!