$
12413.79 UZS
-52.65
154.86 UZS
-0.56
14468.27 UZS
-48.9
33° Kechasi 21°

Sifatsiz mahsulotlarga to‘lov qilib, pulini ololmayotgan fuqarolar Raqobat qo‘mitasiga murojaat qildi

19:28 / 19.08.2025

Raqobat qo‘mitasiga savdo sohasidagi muammolar yuzasidan fuqarolardan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga Bog‘ot tumanidan N.A.ning sotib olgan telefon mahsuloti nuqsonli bo‘lganligi sababli, mazkur nosoz holatdagi mahsulotni do‘konga topshirgani, biroq hozirgi kungacha mahsulotga to‘lagan pullari qaytarilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganishlar natijasida ushbu mahsulot haqiqatda nuqsonli ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. Holat yuzasidan tadbirkorlik subyektiga sohaga oid qonunlar yuzasidan tushuntirish berilib, 6 928 740 so‘m fuqaroga telefon uchun to‘langan pul qaytarilishi ta’minlandi.

Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro S.A.dan kelib tushgan murojaatda “Uzum Market” platformasi orqali sotib olgan “Aux” rusumli konditsionerning o‘lchami va ishlash quvvati xonadoniga mos kelmagani sababli tovarni qaytargani, biroq oradan ancha vaqt o‘tganiga qaramay unga to‘langan puli qaytarilmaganidan shikoyat qilgan.

Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra “UZUM MARKET” MCHJ XK tomonidan tovar qabul qilinib, to‘langan 3 mln 999 ming so‘m mablag‘ S.A.ga qaytarib berilishi ta’minlandi.

Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.M. murojaat qilib, xonadoniga o‘rnatilgan quyosh paneli qisqa foydalanishdan so‘ng nosoz holatga kelganini bildirib, uni ta’mirlashda amaliy yordam so‘ragan.

Murojaat o‘rganilib, ta’minotchi M.O.K. tomonidan panel ta’mirlatib berildi va fuqaroning muammosi ijobiy hal etildi.

Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga Samarqand shahrida yashovchi fuqaro A. X.dan murojaat kelib tushgan. Fuqaro murojaatida oilaviy sharoitlarini inobatga olgan holda “Idea” MCHJ do‘konidan muddatli to‘lov asosida xarid qilgan tovarlar uchun shartnomani bekor qilishni so‘rab, do‘konga ariza topshirgani, biroq shartnoma bekor qilinmagani va plastik kartasidan to‘lovlar yechib olinayotganini ma’lum qilgan hamda mazkur masalada amaliy yordam so‘ragan.

Murojaat asosida boshqarma tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilib, “Idea” MCHJ do‘koni va fuqaro o‘rtasidagi shartnoma bekor qilinishi ta’minlandi.

Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Qarshi tumanida yashovchi fuqaro S.H. tomonidan “Idea” MCHJ savdo do‘konidan 999 000 so‘mga xarid qilingan televizori sifatsiz ekanligi, bundan tashqari muddatli to‘lov asosida 6 600 000 so‘mga xarid qilingan konditsionerning narxi shartnomadan keyin 8 628 000 so‘mga oshirilgani yuzasidan e’tiroz bildirilgan murojaat kelib tushdi.

O‘rganish natijasida fuqaroning murojaati qanoatlantirildi, texnika vositalari qaytarilib, shartnoma bekor qilinishi ta’minlandi.

Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga Sh.Rashidov tumanidan N.S. Jizzax shahri Toshloq mahallasida joylashgan do‘konidan xarid qilgan avtomobil ehtiyot qismlaridan 4 dona shina sifatsiz chiqqanligi, ammo unga to‘langan pulni qaytarib ololmayotgani yuzasidan murojaat qilgan.

O‘rganish va amaliy choralar natijasida fuqaroga shinaga to‘langan 650 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.

Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi fuqaro R.M.ning “Uzum market” platformasi orqali sotib olgan telefoni nosozligi bo‘yicha qilgan murojaatini ko‘rib chiqdi. Natijada shartnoma bekor qilinib, fuqaroga 279 000 so‘m qaytarildi.


O‘zbekiston


														
														23-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi
22:41 / 22.08.2025

														
														O‘zbekistonda uy-joy qurilishi hajmi keskin o‘sib bormoqda. Bu yo‘nalishdagi korxonalar soni-chi?

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi hajmi keskin o‘sib bormoqda. Bu yo‘nalishdagi korxonalar soni-chi?

Qurilish korxonalari soni bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
22:14 / 22.08.2025

														
														O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?

7 oyda 212 mingdan ziyod yengil avtomobil ishlab chiqarilgan
21:44 / 22.08.2025

														
														Yangi o‘quv yili 3-sentyabrdan boshlanadi

Yangi o‘quv yili 3-sentyabrdan boshlanadi

Bunda OTMl va litseylarning 1-kurslariga qabul qilinganlar shu sanadan o‘quv yilini boshlaydi
20:51 / 22.08.2025

														
														O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat i…
19:30 / 22.08.2025

														
														Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiri…
15:48 / 22.08.2025

														
														Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi 2 mln so‘m jarimaga tortildi

Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi 2 mln so‘m jarimaga tortildi

Shundan so‘ng haydovchi topilib, unga 5 BHM (2 mln 60 ming) so‘m miqdorida jarima belgilangan.
13:58 / 22.08.2025

														
														Seul Munda 17 yoshli bola cho‘kib ketdi

Seul Munda 17 yoshli bola cho‘kib ketdi

Hozirda “Bo‘rijar”da Respublika FVV tomonidan qidiruv ishlari olib borilayotgani bildirildi.
12:16 / 22.08.2025

														
														Navoiyda to‘lov terminalini o‘g‘irlagan uch yigit qo‘lga olindi

Navoiyda to‘lov terminalini o‘g‘irlagan uch yigit qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:45 / 22.08.2025

														
														22-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:48 / 21.08.2025

Bu ham qiziq

O‘qishni ko‘chirish uchun talabgorlardan apellyatsiyalarni qabul qilish boshlandi

O‘qishni ko‘chirish uchun talabgorlardan apellyatsiyalarni qabul qilish boshlandi

Apellyatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi
22:45 / 21.08.2025
Mustaqillik kuni munosabati bilan dam olish kunlari e’lon qilindi

Mustaqillik kuni munosabati bilan dam olish kunlari e’lon qilindi

Anchadan keyin bu yil qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmaydi
18:06 / 21.08.2025
Hindistonda pul tikiladigan onlayn o‘yinlar taqiqlanadi

Hindistonda pul tikiladigan onlayn o‘yinlar taqiqlanadi

Bozorning 78% ulushini mobil o‘yinlar tashkil qiladi.
15:03 / 22.08.2025
G‘azoda halok bo‘lganlarning 83 foizi tinch aholi

G‘azoda halok bo‘lganlarning 83 foizi tinch aholi

Biroq shu vaqt ichida jami 53 ming falastinlik ham o‘ldirilgan. Demak, qurbonlarning atigi 17 foizi jangchi bo‘lib, qolgan 8…
17:18 / 22.08.2025
UFC vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilar(P4P) ro‘yxatini e’lon qildi

UFC vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilar(P4P) ro‘yxatini e’lon qildi

Hamzat Chimayev eng ko‘p yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi
18:47 / 21.08.2025
Shavkat Mirziyoyev ertaga amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev ertaga amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Avaza shaharchasida Turkmaniston, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida 3 tomonlama sammit tashki etilishi ko‘zda tutilgan
19:38 / 21.08.2025
Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti Ozarbayjonda o‘tadi

Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti Ozarbayjonda o‘tadi

Ozarbayjon OAV ma’lumotiga ko‘ra, sammit 6–7-oktyabr kunlari Gabala shahrida bo‘lib o‘tadi.
16:30 / 22.08.2025
O‘zbekiston bilan savdo aloqalari o‘rnatgan davlatlarning soni qariyb 200 taga yetdi

O‘zbekiston bilan savdo aloqalari o‘rnatgan davlatlarning soni qariyb 200 taga yetdi

Bir necha yildan buyon asosiy savdo hamkorlar Xitoy va Rossiya bo‘lib kelmoqda
21:25 / 21.08.2025
Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorlik-majmuasi qurilishi boshlandi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorlik-majmuasi qurilishi boshlandi

“Bugun Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorligini qayta tiklash va obodonlashtirish loyihasiga tamal…
17:23 / 21.08.2025
Samarqand va Andijonda xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Samarqand va Andijonda xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi(firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar…
20:53 / 21.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!