Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan “brakonerlar” qo‘lga olindi
Joriy yilning 19-avgust kuni Qo‘riqlash Departamentining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida ko‘l hududida rezina qayiqda noqonuniy ravishda taqiqlangan ov quroli elektrqarmoq yordamida baliq ovlayotgan “brakonerlar” qo‘lga olindi.
Qayiq dastlabki ko‘zdan kechirilganda undan, 54 dona 2 xil turdagi baliq mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun prokuratura organlariga jo‘natish choralari ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun: ovlangan baliq mahsulotlari hududga xizmat ko‘rsatuvchi MCHJga topshirildi.
Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga keltirilgan zarar 1 mlrd 112 mln so‘mni tashkil qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!