$
12413.79 UZS
-52.65
154.86 UZS
-0.56
14468.27 UZS
-48.9
33° Kechasi 21°

Tadbirkorlar uchun universal QR-kod va yangi soliq tartibi joriy etiladi

14:29 / 20.08.2025

Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekistonda 40 dan ziyod elektron to‘lov tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. 1-noyabrdan esa tadbirkorlarga barcha mobil to‘lov ilovalarida ishlaydigan universal QR-kod beriladi. Bu orqali ular hisob-kitob jarayonlarini soddalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, kelgusi yil 1-yanvardan yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan barcha tadbirkorlar uchun yagona tartib joriy etiladi: ular aylanmadan 1 foiz miqdorida soliq to‘laydi. Misol tariqasida, aylanmasi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tadbirkor hozirgi qat’iy soliq o‘rniga yillik ko‘pi bilan 1 million so‘m to‘laydi. Aylanmasi 100 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar esa avvalgiga nisbatan 3–4 barobar kam soliq to‘laydi.

“Umuman, yaratilayotgan sharoitlar orqali yakka tadbirkorlar hisobida yiliga 1 trillion so‘m, tasavvur qilyapsizlarmi, 1 trillion so‘m qolyapti. Bu – kichik biznes uchun qo‘shimcha resurs, yakka tadbirkorlar o‘z biznesini keyingi bosqichga olib chiqishi uchun yana bir imkoniyat”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

To‘qimachilik va eksportchi korxonalar uchun yangi dasturlar yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘tgan hafta 200 dan ortiq to‘qimachilik korxonalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, 7 trln so‘mlik qo‘llab-quvvatlash choralari belgilab olindi. Yaqin kunlarda sohada “ishonchli eksportchi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, eksport oldi moliyalash tizimi tashkil etilib, uning uchun 200 mln dollar ajratiladi.

Mazkur tartib elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat va farmatsevtika kabi yuqori salohiyatga ega, ammo imkoniyatlari to‘liq ishlatilmagan tarmoqlarda ham joriy etiladi. Bu yo‘nalishdagi tadbirkorlar aylanma mablag‘ uchun 500 mln dollar bilan ta’minlanadi.

Prezidentning ta’kidlashicha, har bir tarmoqning 10 tadan eng raqobatdosh va sifatli mahsulotiga maxsus “O‘zbekiston ramzi” belgisi beriladi. Ushbu mahsulotlarni xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish uchun keng ko‘lamli reklama kampaniyasi tashkil etiladi.

Poytaxt va viloyat markazlaridagi korxonalarini mehnat resursi va bo‘sh yer ko‘p tumanlarga ko‘chirmoqchi bo‘lgan tekstil tadbirkorlariga 10 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi. Prezident boshqa sohalardagi korxonalar ham bunday tashabbus bilan chiqsa, ular qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

Arzon xomashyo bilan ta’minlash maqsadida aralash mato va gazlamalar 2028-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etildi. Biroq shunday muammolar sanoatning boshqa tarmoqlarida ham mavjudligi qayd etildi. Jahon banki ekspertlari ham tarif siyosati ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi lozimligini bildirdi.

Ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonida tadbirkorlardan tariflar va xomashyo masalasi bo‘yicha 130 ta murojaat kelib tushgan. Shu munosabat bilan Prezident Bosh vazirning iqtisodiyot va investitsiyaga mas’ul o‘rinbosarlariga 1-noyabrga qadar har bir tarmoq va hududiy korxonalar ehtiyojini o‘rganib, tariflarni qayta ko‘rib chiqish vazifasini topshirdi.

Shuningdek, import jarayonida tadbirkorlarga yengillik yaratish maqsadida muvofiqlik sertifikatlari endilikda har bir partiyaga emas, shartnomada ko‘rsatilgan umumiy hajm uchun beriladi.


O‘zbekiston


														
														23-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi
22:41 / 22.08.2025

														
														O‘zbekistonda uy-joy qurilishi hajmi keskin o‘sib bormoqda. Bu yo‘nalishdagi korxonalar soni-chi?

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi hajmi keskin o‘sib bormoqda. Bu yo‘nalishdagi korxonalar soni-chi?

Qurilish korxonalari soni bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
22:14 / 22.08.2025

														
														O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?

7 oyda 212 mingdan ziyod yengil avtomobil ishlab chiqarilgan
21:44 / 22.08.2025

														
														Yangi o‘quv yili 3-sentyabrdan boshlanadi

Yangi o‘quv yili 3-sentyabrdan boshlanadi

Bunda OTMl va litseylarning 1-kurslariga qabul qilinganlar shu sanadan o‘quv yilini boshlaydi
20:51 / 22.08.2025

														
														O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat i…
19:30 / 22.08.2025

														
														Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiri…
15:48 / 22.08.2025

														
														Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi 2 mln so‘m jarimaga tortildi

Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi 2 mln so‘m jarimaga tortildi

Shundan so‘ng haydovchi topilib, unga 5 BHM (2 mln 60 ming) so‘m miqdorida jarima belgilangan.
13:58 / 22.08.2025

														
														Seul Munda 17 yoshli bola cho‘kib ketdi

Seul Munda 17 yoshli bola cho‘kib ketdi

Hozirda “Bo‘rijar”da Respublika FVV tomonidan qidiruv ishlari olib borilayotgani bildirildi.
12:16 / 22.08.2025

														
														Navoiyda to‘lov terminalini o‘g‘irlagan uch yigit qo‘lga olindi

Navoiyda to‘lov terminalini o‘g‘irlagan uch yigit qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:45 / 22.08.2025

														
														22-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:48 / 21.08.2025

Bu ham qiziq

Kolumbiyada aviabaza yaqinida portlashda besh  kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyada aviabaza yaqinida portlashda besh  kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyaning Kali shahridagi havo kuchlari bazasi yaqinida sodir bo‘lgan portlashda kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 36 kishi y…
11:03 / 22.08.2025
Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorlik-majmuasi qurilishi boshlandi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorlik-majmuasi qurilishi boshlandi

“Bugun Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorligini qayta tiklash va obodonlashtirish loyihasiga tamal…
17:23 / 21.08.2025
Buxoroda “O‘zbek noni uyi” ochildi

Buxoroda “O‘zbek noni uyi” ochildi

“O‘zbek noni uyi” Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi Ushot sayyohlik qishlog‘ida joylashgan.
17:19 / 21.08.2025
O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat i…
19:30 / 22.08.2025
AQSh Davlat departamenti xorijlik amaldagi viza egalarini qattiq tekshiruvdan o‘tkazadi

AQSh Davlat departamenti xorijlik amaldagi viza egalarini qattiq tekshiruvdan o‘tkazadi

Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda deportatsiya masalasi ham ko‘rib chiqiladi
20:43 / 22.08.2025
O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?

7 oyda 212 mingdan ziyod yengil avtomobil ishlab chiqarilgan
21:44 / 22.08.2025
Sergey Lavrov: “Zelenskiy Trampning takliflarini rad etdi”

Sergey Lavrov: “Zelenskiy Trampning takliflarini rad etdi”

Mulozimga ko‘ra, kelajakda Rossiya va Ukraina rahbarlari uchrashishi mumkin
22:36 / 22.08.2025
Samarqand va Andijonda xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Samarqand va Andijonda xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi(firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar…
20:53 / 21.08.2025
Aliyev: “Ozarbayjonga qarshi provokatsiya qilgan yana pushaymon bo‘ladi”

Aliyev: “Ozarbayjonga qarshi provokatsiya qilgan yana pushaymon bo‘ladi”

Ozarbayjon prezidenti urushga tayyor turishga chaqirdi.
09:47 / 22.08.2025
G‘azoda halok bo‘lganlarning 83 foizi tinch aholi

G‘azoda halok bo‘lganlarning 83 foizi tinch aholi

Biroq shu vaqt ichida jami 53 ming falastinlik ham o‘ldirilgan. Demak, qurbonlarning atigi 17 foizi jangchi bo‘lib, qolgan 8…
17:18 / 22.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!