20-avgustdan jamoat transporti xizmatlari uchun yo‘lkira haqi oshirilib, yangi tariflar amaliyotga kiritildi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi qaroriga ko‘ra, endi avtobuslarda yo‘lovchi safar uchun naqd pulda 2600 so‘m to‘laydi. Bank kartasi, ATTO yoki transport kartalaridan foydalangan holda esa yo‘lkira 2000 so‘m qilib belgilandi.
Shuningdek, shahar ichi va tuman markazidan boshlanuvchi shaharlararo yo‘nalishli taksilarda 5 km gacha bo‘lgan masofa uchun yo‘l haqi 3000 so‘m etib belgilandi. Bu tarifga qo‘shilgan qiymat solig‘i ham kiritilgan.
Qarorda oylik va yillik abonement narxlari ham belgilangan. Oddiy yo‘lovchilar uchun avtobus abonementi oyiga 200 ming so‘m, yiliga esa 1 mln 642 ming so‘m bo‘ladi. Pensionerlar, nogironlar, talabalar va o‘quvchilar uchun bu tarif yarim qiymatda — oyiga 100 ming so‘m, yiliga esa 912 ming so‘m qilib belgilandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!