$
12413.79 UZS
-52.65
154.86 UZS
-0.56
14468.27 UZS
-48.9
33° Kechasi 21°

O‘zbekiston viloyatlari reytingi: qaysi hududlar yetakchilik qilmoqda?

18:03 / 20.08.2025

Progressiv islohotlar markazi (PIM) O‘zbekiston viloyatlarining kompleks rivojlanish reytingini e’lon qildi. 2024-yil yakunlari bo‘yicha tuzilgan reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent shahri, Navoiy va Buxoro viloyatlari uchlikka kirdi. Toshkent shahri 7 ta yo‘nalishdan 5 tasida birinchi o‘rinni egallab, umumiy reytingda yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Reytingning oxirgi qismida esa Surxondaryo, Namangan va Jizzax viloyatlari qayd etildi. Xususan, Jizzax viloyati ta’lim yo‘nalishida eng past ko‘rsatkichlarni ko‘rsatdi.

Markaz tomonidan ishlab chiqilgan metodologiya 57 ta indikator asosida baholashni nazarda tutadi. U sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiyot, infratuzilma, imkoniyatlar, jinoyatchilik va tabiiy muhit kabi yetti yo‘nalishni qamrab oladi. Har bir indikator bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich 100 ball, eng past ko‘rsatkich esa 0 ball sifatida baholangan. Reytingni tuzishda xalqaro tashkilotlar va OAV ma’lumotlaridan foydalanilgan bo‘lsa-da, ustuvorlik Statistika agentligi hamda tegishli vazirlik va idoralar ma’lumotlariga berildi.

Reyting natijalari — Sog‘liqni saqlash: Toshkent shahri 61,84 ball bilan yetakchi bo‘ldi. Jizzax viloyati ham 60,48 ball bilan ijobiy natija ko‘rsatdi. Biroq Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida pediatrlar sonining yetishmasligi va xavfli kasalliklarning yuqoriligi muammo bo‘lib qolmoqda. — Ta’lim: Toshkent shahri 89,47 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Buxoro va Sirdaryo ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi. Jizzax (51,86 ball) va Qashqadaryo (56,54 ball) esa so‘nggi o‘rinlarda. Ayniqsa, Qashqadaryoda maktabgacha ta’lim qamrovi pastligi kelajakda inson kapitali rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. — Iqtisodiyot: Poytaxt 98,21 ball bilan yetakchi. Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida iqtisodiy faollik sust bo‘lib, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishlab chiqarishni kengaytirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. — Infratuzilma: Toshkent shahri (93,21 ball) va Toshkent viloyati (73,49 ball) yuqori o‘rinlarda. Surxondaryo (41,10 ball) va Jizzax (40,86 ball) infratuzilma bo‘yicha eng oxirgi o‘rinlarda qayd etildi. Bu hududlarda internet qamrovi va transport masalalari jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. — Imkoniyatlar: Toshkent shahri (91,63 ball) va Navoiy (81,74 ball) yetakchilik qildi. Jizzax (67,22 ball) va Surxondaryo (65,74 ball) past ko‘rsatkichlar qayd etdi. — Jinoyat va tuzatishlar: Sirdaryo viloyati 80,61 ball bilan yuqori natijani qayd etib, jinoyatchilikni kamaytirish borasida samarali ish olib borayotganini ko‘rsatdi. Xorazm va Toshkent shahrida esa bu boradagi ko‘rsatkichlar past. — Tabiiy muhit: Surxondaryo 87,48 ball bilan yetakchi bo‘ldi. Namangan va Jizzax viloyatlarida esa ekologik muhit past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari hududlar kesimida keskin farqlanadi. Toshkent shahri ko‘plab yo‘nalishlarda yetakchilik qilgan bo‘lsa-da, ayrim viloyatlar ham sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Shu bilan birga, Jizzax, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ayrim sohalarda sustkashlik kuzatilmoqda. Mutaxassislar fikricha, mazkur reyting oddiy raqamlar to‘plami emas, balki hududlarning ichki imkoniyatlarini ochib beruvchi muhim ko‘rsatkichdir. 

Ushbu havola orqali to‘liq viloyatlar kompleks reytingi bilan tanishishingiz mumkin.


O‘zbekiston


														
														23-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi
22:41 / 22.08.2025

														
														O‘zbekistonda uy-joy qurilishi hajmi keskin o‘sib bormoqda. Bu yo‘nalishdagi korxonalar soni-chi?

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi hajmi keskin o‘sib bormoqda. Bu yo‘nalishdagi korxonalar soni-chi?

Qurilish korxonalari soni bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
22:14 / 22.08.2025

														
														O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?

7 oyda 212 mingdan ziyod yengil avtomobil ishlab chiqarilgan
21:44 / 22.08.2025

														
														Yangi o‘quv yili 3-sentyabrdan boshlanadi

Yangi o‘quv yili 3-sentyabrdan boshlanadi

Bunda OTMl va litseylarning 1-kurslariga qabul qilinganlar shu sanadan o‘quv yilini boshlaydi
20:51 / 22.08.2025

														
														O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat i…
19:30 / 22.08.2025

														
														Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiri…
15:48 / 22.08.2025

														
														Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi 2 mln so‘m jarimaga tortildi

Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi 2 mln so‘m jarimaga tortildi

Shundan so‘ng haydovchi topilib, unga 5 BHM (2 mln 60 ming) so‘m miqdorida jarima belgilangan.
13:58 / 22.08.2025

														
														Seul Munda 17 yoshli bola cho‘kib ketdi

Seul Munda 17 yoshli bola cho‘kib ketdi

Hozirda “Bo‘rijar”da Respublika FVV tomonidan qidiruv ishlari olib borilayotgani bildirildi.
12:16 / 22.08.2025

														
														Navoiyda to‘lov terminalini o‘g‘irlagan uch yigit qo‘lga olindi

Navoiyda to‘lov terminalini o‘g‘irlagan uch yigit qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:45 / 22.08.2025

														
														22-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:48 / 21.08.2025

Bu ham qiziq

Samarqand va Andijonda xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Samarqand va Andijonda xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi(firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar…
20:53 / 21.08.2025
Aliyev: “Ozarbayjonga qarshi provokatsiya qilgan yana pushaymon bo‘ladi”

Aliyev: “Ozarbayjonga qarshi provokatsiya qilgan yana pushaymon bo‘ladi”

Ozarbayjon prezidenti urushga tayyor turishga chaqirdi.
09:47 / 22.08.2025
Sergey Lavrov: “Zelenskiy Trampning takliflarini rad etdi”

Sergey Lavrov: “Zelenskiy Trampning takliflarini rad etdi”

Mulozimga ko‘ra, kelajakda Rossiya va Ukraina rahbarlari uchrashishi mumkin
22:36 / 22.08.2025
Chili janubida 7,5 magnitudali zilzila yuz berdi

Chili janubida 7,5 magnitudali zilzila yuz berdi

Janubiy Amerikadagi Chili mamlakatining janubida 7,5 magnitudali zilzila yuz berdi.
10:26 / 22.08.2025
Hindistonda pul tikiladigan onlayn o‘yinlar taqiqlanadi

Hindistonda pul tikiladigan onlayn o‘yinlar taqiqlanadi

Bozorning 78% ulushini mobil o‘yinlar tashkil qiladi.
15:03 / 22.08.2025
Kolumbiyada aviabaza yaqinida portlashda besh  kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyada aviabaza yaqinida portlashda besh  kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyaning Kali shahridagi havo kuchlari bazasi yaqinida sodir bo‘lgan portlashda kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 36 kishi y…
11:03 / 22.08.2025
O‘zbekistonda uy-joy qurilishi hajmi keskin o‘sib bormoqda. Bu yo‘nalishdagi korxonalar soni-chi?

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi hajmi keskin o‘sib bormoqda. Bu yo‘nalishdagi korxonalar soni-chi?

Qurilish korxonalari soni bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
22:14 / 22.08.2025
Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorlik-majmuasi qurilishi boshlandi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorlik-majmuasi qurilishi boshlandi

“Bugun Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorligini qayta tiklash va obodonlashtirish loyihasiga tamal…
17:23 / 21.08.2025
O‘zbekiston bilan savdo aloqalari o‘rnatgan davlatlarning soni qariyb 200 taga yetdi

O‘zbekiston bilan savdo aloqalari o‘rnatgan davlatlarning soni qariyb 200 taga yetdi

Bir necha yildan buyon asosiy savdo hamkorlar Xitoy va Rossiya bo‘lib kelmoqda
21:25 / 21.08.2025
Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti Ozarbayjonda o‘tadi

Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti Ozarbayjonda o‘tadi

Ozarbayjon OAV ma’lumotiga ko‘ra, sammit 6–7-oktyabr kunlari Gabala shahrida bo‘lib o‘tadi.
16:30 / 22.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!