Farg‘ona viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan I.I. (muqaddam sudlangan) “Navro‘z” MFY hududidagi noturar binosida xorijda ishlab chiqarilgan 4 579 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish va muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!